https://oz.sputniknews.uz/20220923/shomaxmudovlar-izidan-yoki-ozbekistonda-mehribonlik-uylari-soni-qanday-kamaydi---video--28473188.html
Shomaxmudovlar izidan yoki O‘zbekistonda mehribonlik uylari soni qanday kamaydi - video
Shomaxmudovlar izidan yoki O‘zbekistonda mehribonlik uylari soni qanday kamaydi - video
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda oilaviy bolalar uylari joylashgan birinchi turar joy majmuasida bolalar qanday yashamoqda? Batafsil Sputnik reportajida. 23.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-23T13:15+0500
2022-09-23T13:15+0500
2022-09-23T13:15+0500
video
bolalar
oilaviy bolalar uyi
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/16/28461638_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_458db80d2633078ec68ab6c4beda0db9.jpg
TOShKENT, 23 sen - Sputnik. O‘zbekistonda mehribonlik uylari kamayishining asosiy sababi - oilaviy bolalar uylarining paydo bo‘lishi. Oilaviy bolalar uyida bir oila bir necha bolani o‘z qaramog‘iga oladi. Bunda ular bir oila bo‘lib bir umr birga yashashlari mumkin. Yaqinda Toshkentning Uchtepa tumanida birinchi ana shunday oilaviy turar joy joy majmuasi ochildi. U yerda 12da xonadondan 7tasida ota-onasida mahrum bo‘lgan bolalarni o‘z tarbiyasiga olgan harbiy xizmatchilar oilalari yashaydi. Ushbu xonadonlar mebel va kerakli maishiy texnika bilan jihozlangan. Majmua hududida o‘quv markazi va sport maydonlari bor. Zebuniso Rajabova oilaviy bolalar uyi tashkil qilganlar qatorida birinchilardan edi. Zebuniso opaning 8 nafar farzandi bor, u kishi bolalar uyida 12-yil tarbiyachi bo‘lib ishlagan. U yerdagi bolalarning ayrimlari haligacha "Ona, meni qachon olib ketasiz, deb so‘raydi, lekin men hammani darrov olib keta olmayman-ku", - deydi Zebuniso opa. - Hozir mening asosiy maqsadim bularni oyoqqa turg‘izish. Ushbu majmuada turadigan yana bir oila bekasi Kamila Atayeva aytishiga ko‘ra, ularga Shoahmad Shomaxmudovlar oilasi namuna bo‘lgan. Hozir esa ular bolalari bilan har juma kuni Shomaxmudovlar yodgorligiga borib fotiha o‘qishadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/16/28461638_320:0:1280:720_1920x0_80_0_0_03f231c07cfd737d8f28e1ac31d0414d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, bolalar, oilaviy bolalar uyi , toshkent, video
video, bolalar, oilaviy bolalar uyi , toshkent, video
Shomaxmudovlar izidan yoki O‘zbekistonda mehribonlik uylari soni qanday kamaydi - video
Toshkentda oilaviy bolalar uylari joylashgan birinchi turar joy majmuasida bolalar qanday yashamoqda? Batafsil Sputnik reportajida.
TOShKENT, 23 sen - Sputnik. O‘zbekistonda mehribonlik uylari kamayishining asosiy sababi - oilaviy bolalar uylarining paydo bo‘lishi.
Oilaviy bolalar uyida bir oila bir necha bolani o‘z qaramog‘iga oladi. Bunda ular bir oila bo‘lib bir umr birga yashashlari mumkin.
Yaqinda Toshkentning Uchtepa tumanida birinchi ana shunday oilaviy turar joy joy majmuasi ochildi. U yerda 12da xonadondan 7tasida ota-onasida mahrum bo‘lgan bolalarni o‘z tarbiyasiga olgan harbiy xizmatchilar oilalari yashaydi. Ushbu xonadonlar mebel va kerakli maishiy texnika bilan jihozlangan. Majmua hududida o‘quv markazi va sport maydonlari bor.
Zebuniso Rajabova oilaviy bolalar uyi tashkil qilganlar qatorida birinchilardan edi. Zebuniso opaning 8 nafar farzandi bor, u kishi bolalar uyida 12-yil tarbiyachi bo‘lib ishlagan.
U yerdagi bolalarning ayrimlari haligacha "Ona, meni qachon olib ketasiz, deb so‘raydi, lekin men hammani darrov olib keta olmayman-ku", - deydi Zebuniso opa. - Hozir mening asosiy maqsadim bularni oyoqqa turg‘izish.
Ushbu majmuada turadigan yana bir oila bekasi Kamila Atayeva aytishiga ko‘ra, ularga Shoahmad Shomaxmudovlar oilasi namuna bo‘lgan. Hozir esa ular bolalari bilan har juma kuni Shomaxmudovlar yodgorligiga borib fotiha o‘qishadi.