Saudiya shahzodasi Putin bilan suhbatda qirollik ShHTda faol ishtirok etishini bildirdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s naslednim prinsem Saudovskoy Aravii M. ibn Salmanom Al Saudom
Prezident RF V. Putin vstretilsya s naslednim prinsem Saudovskoy Aravii M. ibn Salmanom Al Saudom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Obuna bo‘lish
Saudiya shahzodasi xalqaro munosabatlarda ShHTning roli oshib borayotganini va qirollik uning faoliyatida faol ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.
TOShKENT, 23 sen - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.

Muhammad bin Salmon yaqinda Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitda Saudiya Arabistoniga muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish to‘g‘risida qabul qilingan qaror asosida Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Muhammad bin Salmon ShHTning xalqaro munosabatlardagi roli ortib borayotganini qayd etib, qirollik uning faoliyatida faol ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

O‘z navbatida Vladimir Putin 23-sentabr kuni nishonlanadigan Saudiya Arabistoni Podshohligi e’lon qilinganining 90-yilligi munosabati bilan, qirol Salmon bin Abdulaziz Ol Saudga o‘zining samimiy tabriklari va ezgu tilaklarini yetkazishni so‘radi hamda ushbu muhim sana bilan butun mamlakat rahbariyati va xalqini tabrikladi.
Jahon neft bozorida barqarorlikni ta’minlash maqsadida Rossiya-Saudiya o‘rtasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Ikkala tomon ham OPEK+ plyus doirasidagi sa’y-harakatlarni yuqori baholadilar va erishilgan kelishuvlarga rioya qilishda davom etish niyatlarini tasdiqladilar.
Muhammad bin Salmon 12–14 oktabr kunlari Moskvada bo‘lib o‘tadigan “Rossiya energetika haftaligi” xalqaro forumida Saudiya Arabistoni munosib darajada ishtirok etishini ma’lum qildi.
Undan tashqari, Donbassda valiahd shahzodaning shaxsiy vositachiligida bo‘lib o‘tgan jangovar harakatlarda noqonuniy ishtirok etgan xorijiy harbiy asirlarning Saudiya tomoniga o‘tkazilishi munosabati bilan mamnunlik bildirildi.
Ikki tomonlama kun tartibi yuzasidan fikr almashishda savdo-iqtisodiy aloqalar jadal rivojlanayotgani, tovar ayirboshlash hajmi ortib borayotgani, turli sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi.
Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘zaro hamkorlik va shaxsiy aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0