O‘zbekistonga go‘sht importi bir necha yildan buyon oshmoqda - statistika

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovChorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente
Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Obuna bo‘lish
Mamlakatga asosan qoramol go‘shti Belarus, Qozog‘iston, Braziliya, Hindiston va Rossiyadan kirib kelmoqda.
TOShKENT, 23 sen - Sputnik. 2022 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga 9 ta davlatdan qiymati 141,9 mln dollarga teng bo‘lgan 32,8 ming tonna qoramol go‘shti import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, qoramol go‘shti importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 13,8 ming tonnaga oshgan.
O‘zbekiston 2022-yilning 8 oyida eng ko‘p qoramol go‘shtini Belarusdan (17,1 ming tonna) import qilgan. Shuningdek Qozog‘iston (11,6 ming tonna), Braziliya (1,4 ming tonna), Hindiston (967 tonna) va Rossiya (791 tonna) ham yil davomida O‘zbekistonga qoramol go‘shti yetkazib bergan.
Aytish joizki 2021-yilning 10 oyida ham undan oldingi yilga nisbatan mol go‘shti importi 7,3 ming tonnaga oshib, 23,9 ming tonnani tashkil qilgan edi. Umumiy tendensiyaga nazar soladigan bo‘lsak, O‘zbekistonga mol go‘shti importi 2017-yildan 2020-yilga qadar 87 tonnadan 22 ming tonnagacha oshgan.
Aholi jon boshiga go‘sht iste’moli ko‘rsatgichi bo‘yicha O‘zbekiston o‘rtacha ko‘rsatgichlarga ega - jon boshiga 43kg (2019). Ushbu ko‘rsatgich rivojlangan mamlakatlarda 100-120 kgni tashkil qiladi. Sobiq Ittifoq respublikalari orasida Rossiya, Belarus aholi jon boshiga - 70-78 kg, Qozog‘iston - 60kg go‘sht iste’mol qiladi. Dunyoda eng kam go‘t iste’mol qiladigan davlatlar - Hindiston va Afrika davlatlari hisoblanadi. Bu yerda jon boshiga yiliga 3 - 5 kg go‘sht to‘g‘ri keladi.
Yangiliklar lentasi
0