Ohangaronda arxeologik topilmalarga boy o‘rta asr inshooti aniqlandi

© Fanlar akademiyasi Suyurlitepa yodgorligi
Suyurlitepa yodgorligi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Obuna bo‘lish
Arxeologlarning fikricha, aniqlangan topilmalar mazkur hududda bir vaqtlar shishasozlik yuksak darajaga yetganligidan darak bermoqda.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Toshkent viloyati, Ohangaron tumani Suyurlitepa yodgorligida olib borlgan arxeologik tadqiqotlar natijasida ilk o‘rta asrlarga oid monumental inshoot o‘rni aniqlandi. Bu haqida Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Aytilishicha, qazishmalar 20x20 metr o‘lchamli maydonda amalga oshirildi.

“Bino 3 qavatli paxsa bloklaridan iborat platformaning ust qismida ko‘tarilgan. Uning tom qismi arkasimon qilib yopilgan. Inshootning aynan qanday vazifani bajarganligi haqida tugal xulosaga kelinganligi yo‘q. Tadqiqotlar yakunida yakuniy xulosalar beriladi”, deydi Tarix instituti tayanch doktoranti Ubaydulla Ismoilov.

Tadqiqotlar natijasida, rivojlangan o‘rta asrlarga kelganda binodan boshqa maqsadlarda foydalanganligi qayd etildi. Inshoot markaziy xona va unga tutashtirilgan yordamchi xonalardan iborat qilib qurilgan. Unga yana bir qancha xo‘jalik xonalari keyingi davrlarda qo‘shilgan.
Qazishma maydonida jami 10 ga yaqin xonalar ochib o‘rganildi.
© Fanlar akademiyasi Suyurlitepa yodgorligi
Suyurlitepa yodgorligi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Suyurlitepa yodgorligi
Arxeologik qazishmalar natijasida bu yerdan Turk xoqonligi, Somoniylar, Qoraxoniylar va Mo‘g‘ullar bosqini davriga oid boy ashyolar, tangalar, sopol idishlar, kamon o‘qining uchlari, shisha idishlar, turli xil taqinchoqlar, suyakdan qilingan taroqlar va boshqa ko‘plab tarixiy buyumlar topildi.
Xonalardan paxsa blokli platformani o‘yib ochilgan jami 5 ta xo‘jalik o‘ralari aniqlandi. O‘ralardan bittasi to‘g‘ri to‘rtburchak, qolganlari esa aylana shaklga ega.
Ulardan 20 turdagi shisha idishlar, xususan, shisha laganlar, vazalar, bakallar va tabiblar tomonidan giyoh solish uchun ishlatilganligi talqin qilinayotgan kichik, nozik ko‘rinishga ega shisha idishlar topildi.
“Bunday turli-tuman shisha idishlarning topilishi bu hududlarda bir vaqtlar shishasozlik yuksak darajaga yetganligining isbotidir”, deyiladi xabarda.
© Fanlar akademiyasi Somoniylar davrida oid noyob laganlar
Somoniylar davrida oid noyob laganlar  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Somoniylar davrida oid noyob laganlar
O‘ralardan birida Somoniylar davrida oid (X asr) noyob laganlar ham topildi. Ularning sirtiga oq rang berilib, sirlangan. Laganlardan birida arab alifbosining kufiy xatida so‘zlar yozilgan.
Laganlardan birida xumo qushiga o‘xshab ketadigan qush tasvirlangan bo‘lib, u tumshug‘ida gul tutib olgan. Ikkala lagan ham somoniylar davrining nodir namunalaridan hisoblanadi.
Shaharning ichki yo‘llarini aniqlash maqsadida 7 ta nuqtada transheyalar (eni 1 m, uzunligi 5-14 m.lik chuqurlar) tashlandi va shaharning ba’zi ichki yo‘llarining o‘rniga aniqlik kiritildi.
© Fanlar akademiyasi Suyurlitepa yodgorligi
Suyurlitepa yodgorligi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Suyurlitepa yodgorligi
Yodgorlikda arxeologik tadqiqotlar davom ettirilmoqda.
Ma’lumot uchun, Suyurlitepa yodgorligi Olmaliq shahrini Angren shahri bilan bog‘lovchi avtomobil yo‘li yoqasida joylashgan.
Yangiliklar lentasi
0