Ipoteka oluvchilarga qo‘shimcha imtiyozlar - prezident qarori

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishNoviy dom
Noviy dom  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Obuna bo‘lish
Ipoteka kreditining bir qismini to‘lash uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz berildi.
TOShKENT, 23 sen - Sputnik. O‘zbekistonda ipoteka krediti oluvchilarga qo‘shimcha soliq va boshqa imtiyozlar berilmoqda. Bu haqida prezidentning yangi qarorida aytib o‘tilgan.
Xususan:
1.
Daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz. 2023 yil 1-yanvardan boshlab dastlabki badalning va ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya berilgan fuqarolarning uy-joylarni sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lash uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi;
2.
To‘liq tayyor bo‘lmagan kvartiralarni sotib olish. 2022 yil 1-noyabrdan boshlab, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz qurilgan uylardagi kvartiralarni (xonalarga bo‘lingan va pardoz ishlariga tayyor) birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga hamda ular bo‘yicha dastlabki badalning va ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya to‘lashga ruxsat berilmoqda;
3.
Ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish. "O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJga tijorat banklari tomonidan aholiga berilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun 3-yil muddatga 12 foiz stavkada va foiz to‘lovlarini har 6 oyda to‘lash sharti bilan 300 mlrd.so‘mgacha budjet ssudasini ajratish belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, Nurafshon shahrida 22-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari kengashi sessiyasida Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati har bir fuqaroga bir marta yangi qurilgan xonadonni imtiyozli ipotekaga olish imkoniyatini berish maqsadida kelgusi yildan “Mening birinchi uyim” yangi ipoteka dasturini amalga oshirish boshlanishini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0