Dam olish kunlari respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir qorga aylanishi mumkin – O‘zgidromet

© Sputnik / Soheil GhanbarzadehMakovoe pole u podnojya gori Damavand v Irane
Makovoe pole u podnojya gori Damavand v Irane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Obuna bo‘lish
Dushanba va seshanba kunlari respublikaning barcha hududlarida havo harorati kechalari +10-13darajagacha, kunduz kunlari +22-25 darajagacha pasayadi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekiston hududiga 25-27 sentabr kunlari Volga bo‘yi hududlaridan salqin va biroz nam havo kirib keladi. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
25 sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 26-27 sentabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.
25-26 sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 27-sentabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin.
25 sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida, 26-sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 27-sentabrda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda (2500 m dan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
26 sentabrda shimolda, 27-sentabrda respublikaning barcha hududlarida havo harorati kechalari +10-13darajagacha, kunduz kunlari +22-25 darajagacha pasayadi.
Yangiliklar lentasi
0