Toshkent viloyatining to‘rt tumanida tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

© O‘zbekiston rezidenti matbuot xizmatiShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna bo‘lish
Piskent, Bo‘ka, Bekobod va Oqqo‘rg‘on tumanlarida 2025-yil 1-yanvarga qadar yer, mol-mulk, aylanmadan olinadigan soliqlarni 1 foiz, foyda solig‘i stavkasini 50 foiz miqdorida belgilashni buyurdi.
TOShKENT, 22 sen - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 22-sentabr kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdagi sessiyasida mazkur viloyatining tadbirkorlik yaxshi rivojlanmagan to‘rtta tumanidagi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berilishini aytdi.
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, Toshkent viloyati hokimi lavozimiga nomzodi ko‘rsatilgan Zoyir Mirzayev o‘z taqdimotida hududdagi eng dolzarb muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflar to‘g‘risida axborot bergan. Jumladan, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida 150 ming nafar aholining doimiy bandligini ta’minlash, 40 mingta oilani kambag‘allikdan chiqarish, 15 mingta tadbirkorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, 6,5 mingta xizmat va savdo obyektlari tashkil etish rejalashtirilgan.

Shulardan kelib chiqib, prezident mutasaddilarga:

joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun qo‘shimcha ravishda 200 milliard so‘m, kelgusi yil uchun yana 850 milliard so‘m yo‘naltirish;
tadbirkorlik past rivojlangan Piskent, Bo‘ka, Bekobod va Oqqo‘rg‘on tumanlarida 2025-yil 1-yanvarga qadar yer, mol-mulk, aylanmadan olinadigan soliqlarni 1 foiz, foyda solig‘i stavkasini 50 foiz miqdorida belgilash, sotilmasdan turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich qiymatini 2 baravar kamaytirish;
yil yakunigacha 34 ta mahallada Xotin-qizlar bandligini ta’minlash markazlarini tashkil etishni topshirgan.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev bor imkoniyatlardan samarali foydalansa, viloyatda sanoatni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish mumkinligini qayd etgan.
Mutasaddilarga:
sanoat zonalarini infratuzilma bilan ta’minlashga 250 milliard so‘m ajratish;
Angrenda kaolin xom-ashyosini chuqur qayta ishlab, farfor va keramika mahsulotlari ishlab chiqarish klasterini tashkil etish;
Bekobod tumanida chegara oldi savdo zonasini ishga tushirish;
viloyatdagi 100 ta mahalliy korxonani eksportchiga aylantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.
Yangiliklar lentasi
0