https://oz.sputniknews.uz/20220922/ozbekiston-kaspiy-xalqaro-tibbiyot-forumida-ishtirok-etmoqda-28455165.html
O‘zbekiston Kaspiy xalqaro tibbiyot forumida ishtirok etmoqda
O‘zbekiston Kaspiy xalqaro tibbiyot forumida ishtirok etmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro tadbir Rossiyaning Astraxan shahrida bo‘lib o‘tmoqda. 22.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-22T18:05+0500
2022-09-22T18:05+0500
2022-09-22T18:05+0500
jamiyat
astraxan
forum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/16/28444843_0:81:1281:801_1920x0_80_0_0_cead01a5341560e82f47bc5a792160f9.jpg
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Astraxanda Kaspiy dengizi mamlakatlari o‘rtasida turizm, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida xalqaro tibbiyot forumi o‘tkazilmoqda. Bu haqida Astraxan viloyati gubernatori Igor Babushkin o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.Uch kun davomida ishtirokchilar ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari, simpoziumlar va akademik ma’ruzalarda ishtirok etishadi.Shuningdek, Oltoy davlat tibbiyot universiteti qoshidagi “Universitet klinikasi” loyihasi doirasida Rossiya Fanlar akademiyasining yetakchi akademiklari xalqaro tibbiyotning dolzarb masalalari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qiydi. Astraxan klinikalarida bemorlarning diagnostikasi va davolash bo‘yicha maslahatlar berishadi.Viloyat hokimi, shuningdek, tadbirda ishtirok etayotgan mamlakatlar mutaxassislarining yaqindan o‘zaro hamkorligi viloyatning sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohasiga qo‘shimcha sarmoya jalb etishi, yetakchi tibbiyot markazlarining hamkorligi mintaqa tibbiyoti rivojiga turtki bo‘lishini ta’kidladi.
astraxan
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/16/28444843_55:0:1192:853_1920x0_80_0_0_c4c535e00a3ffd36763a48660668cacd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, astraxan, forum
O‘zbekiston Kaspiy xalqaro tibbiyot forumida ishtirok etmoqda
Xalqaro tadbir Rossiyaning Astraxan shahrida bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Astraxanda Kaspiy dengizi mamlakatlari o‘rtasida turizm, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida xalqaro tibbiyot forumi o‘tkazilmoqda. Bu haqida Astraxan viloyati gubernatori Igor Babushkin o‘zining Telegram-kanalida ma’lum
qildi. "Bugun Astraxanda Kaspiy xalqaro tibbiyot forumi ochildi. Forum Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Belarus va Rossiyadan 2500 dan ortiq ishtirokchini birlashtirdi", deydi gubernator.
Uch kun davomida ishtirokchilar ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari, simpoziumlar va akademik ma’ruzalarda ishtirok etishadi.
Shuningdek, Oltoy davlat tibbiyot universiteti qoshidagi “Universitet klinikasi” loyihasi doirasida Rossiya Fanlar akademiyasining yetakchi akademiklari xalqaro tibbiyotning dolzarb masalalari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qiydi. Astraxan klinikalarida bemorlarning diagnostikasi va davolash bo‘yicha maslahatlar berishadi.
"2021 yilda prezident Vladimir Putin Kaspiy dengizi mamlakatlari o‘rtasida turizm, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun markazi Astraxanda joylashgan Kaspiy kengashini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Ushbu o‘zaro hamkorlik doirasida “Tibbiy xizmatlar eksportini rivojlantirish” dasturi amalga oshirilmoqda”, deydi Babushkin.
Viloyat hokimi, shuningdek, tadbirda ishtirok etayotgan mamlakatlar mutaxassislarining yaqindan o‘zaro hamkorligi viloyatning sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohasiga qo‘shimcha sarmoya jalb etishi, yetakchi tibbiyot markazlarining hamkorligi mintaqa tibbiyoti rivojiga turtki bo‘lishini ta’kidladi.