Nijnevartovsk kutubxonasiga o‘zbek tilidagi adabiyotlar tuhfa etildi

Uchebniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulligi xodimlari O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashish maqsadida Tobolsk, Surgut, Megion va Nijnevartovsk shaharlarida bo‘lishdi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Rossiyaning Nijnevartovsk shahar kutubxonasiga o‘zbek tilidagi adabiyotlar tuhfa etildi. Bu haqida "Dunyo" AA xabar berdi.
O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulligi xodimlari O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashish maqsadida Tobolsk, Surgut, Megion va Nijnevartovsk shaharlarida bo‘lishdi.
Tobolsk shahriga safar davomida ushbu hududda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan 34 nafar, Surgut shahrida 28 nafar, Megionda 43 nafar fuqarolar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘mda ularni o‘ylantirayotgan muammolar tinglandi.
Shuningdek, Nijnevartovsk shahrida "Eriell Neftegazservis" MChJda vaqtinchalik ishlayotgan 43 nafar fuqaroning ham holidan xabar olindi.
Uchrashuvlar davomida mehnat muhojirlariga konsullik-huquqiy masalalar, jumladan, pasport rasmiylashtirish, O‘zbekistonda rasmiylashtirilgan hujjatlarning Rossiya hududida amal qilishi va Bosh konsulxona tomonidan ko‘rsatilagan xizmatlar haqida so‘z bordi.
Yangiliklar lentasi
0