Moskvada ikki ayolni yong‘indan qutqargan o‘zbekistonlik yigit mukofotlandi - video

© Sputnuk/Alina NiyazbakiyevaSeremoniya nagrajdeniya uzbekistansa Oybeka Yeshtemirova v Moskovskom dome natsionalnostey.
Seremoniya nagrajdeniya uzbekistansa Oybeka Yeshtemirova v Moskovskom dome natsionalnostey. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna bo‘lish
Moskvada svetofor o‘rnatuvchi bo‘lib ishlaydigan O‘zbekistonlik yigit ikki ayolni yong‘indan qutqarib qoldi.
TOShKENT, 22 sen – Sputnik. Payshanba kuni Moskva Millatlar uyida o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, ko‘p qavatli uyning yonayotgan xonadonlaridan ikki ayolni olib chiqqan o‘zbekistonlik yigit Oybek Eshtemirovni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Sputnik muxbiri ham bo‘ldi.
Eshtemirov poytaxtda svetofor o‘rnatuvchi bo‘lib ishlaydi. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda u Moskvaning Sharqiy ma’muriy okrugidagi turar-joy binosi yonidan o‘tayotgan bo‘lgan. Shu vaqt u 7 qavatdagi xonadonda yong‘in ichida qolgan ayolni ko‘rib, yordamga shoshilgan. Ayolni qutqarish uchun yigit derazani sindirib, uni qo‘shni balkonga olib o‘tgan.
Shundan Oybek yong‘in ichida qolgan tepadagi etajdan ham bir keksa ayolham qo‘shni balkonga olib o‘tdi. Yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar jabrlanuvchini pastga tushirishga yordam berishdi.
Odamlarni qutqarishda ko‘rsatgan jasorati va qat’iyati uchun o‘zbekistonlik yigit Moskva shahar Milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar boshqarmasi boshlig‘ining minnatdorchiligi va Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Bosh boshqarmasining mukofoti bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimi Moskva shahridagi Millatlar uyida bo‘lib o‘tdi. U yerdam Moskva shahar Milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Vitaliy Suchkov va Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Moskva bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Yuriy Tkachenko taqdirlashdi.
Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda Oybek Qashqadaryoning G‘uzor tumanidan ekanini aytib berdi. Voqea qahramoni bilan batafsil intervyu sahifamizda yaqin kunlarda chop etiladi.
Yangiliklar lentasi
0