https://oz.sputniknews.uz/20220922/maktab-qurishga-yordam-bergan-fermerga-yuksak-davlat-mukofoti-beriladi-28451465.html
Maktab qurishga yordam bergan fermerga yuksak davlat mukofoti beriladi
Maktab qurishga yordam bergan fermerga yuksak davlat mukofoti beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Bo‘ka tumanida 3,5 mlrd so‘mlik 2 qavatli maktab binosi homiylik yordamlari evaziga barpo etilgan. 22.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-22T15:31+0500
2022-09-22T15:31+0500
2022-09-22T15:31+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
tadbirkor
maktab
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1370/35/13703540_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_dfddf7f0a087723cf46e2d3c6fc60a5b.jpg
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida maktab qurishga yordam bergan fermerga yuksak davlat mukofoti berishini ma’lum qildi.Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasida hududlardan vakillar ham videoaloqa orqali so‘zga chiqishmoqda. Jumladan, Bo‘ka tumanidagi hokim yordamchisi o‘z hududida maktab qurishda yordam bergan fermer haqida ma’lumot berdi.Qayd etilishicha, tumandagi "Navobod" mahallasida 3,5 mlrd so‘mlik 2 qavatli maktab binosi homiylik yordamlari evaziga barpo etilgan. Maktab qurilishida "Azim Muhammad" fermer xo‘jaligi raisi Ro‘ziboy G‘oyibov katta tashabbus va homiylik ko‘rsatgan.Shavkat Mirziyoyev o‘z so‘zida o‘quvchilarning ta’limi va tarbiyasiga e’tibor bergan tadbirkor va fermerlarga minnatdorlik bildirdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1370/35/13703540_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_28d88774f4b81b051fc60845c2d8505d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, tadbirkor, maktab
siyosat, shavkat mirziyoyev, tadbirkor, maktab
Maktab qurishga yordam bergan fermerga yuksak davlat mukofoti beriladi
Bo‘ka tumanida 3,5 mlrd so‘mlik 2 qavatli maktab binosi homiylik yordamlari evaziga barpo etilgan.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida maktab qurishga yordam bergan fermerga yuksak davlat mukofoti berishini ma’lum
qildi. Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasida hududlardan vakillar ham videoaloqa orqali so‘zga chiqishmoqda. Jumladan, Bo‘ka tumanidagi hokim yordamchisi o‘z hududida maktab qurishda yordam bergan fermer haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, tumandagi "Navobod" mahallasida 3,5 mlrd so‘mlik 2 qavatli maktab binosi homiylik yordamlari evaziga barpo etilgan. Maktab qurilishida "Azim Muhammad" fermer xo‘jaligi raisi Ro‘ziboy G‘oyibov katta tashabbus va homiylik ko‘rsatgan.
Shavkat Mirziyoyev o‘z so‘zida o‘quvchilarning ta’limi va tarbiyasiga e’tibor bergan tadbirkor va fermerlarga minnatdorlik bildirdi.
“Ular befarq odamlar emas. Ertaga ularning nomi tarixda qoladi. Ro‘ziboy aka, yana bir bor katta rahmat sizga. Sizga o‘xshagan fidoyi insonlar bilan ko‘rishishdan xursand bo‘laman doim", deydi davlat rahbari.