https://oz.sputniknews.uz/20220921/turkiyaning-shhtga-kirishi-haqidagi-savollar-sholtsni-gazablantirdi-28411167.html
Turkiyaning ShHTga kirishi haqidagi savollar Sholsni g‘azablantirdi
Turkiyaning ShHTga kirishi haqidagi savollar Sholsni g‘azablantirdi
Sputnik O‘zbekiston
Bir kun oldin Erdo‘g‘on Turkiyani 52-yildan buyon a’zolikka qabul qilmagan Yevropa Ittifoqi oldida hisobot berishga majbur emasligini ta’kidlagan edi. 21.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-21T14:22+0500
2022-09-21T14:22+0500
2022-09-21T14:22+0500
dunyoda
germaniya
turkiya
bmt
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/15/27333301_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_57d61ecf781d1c45bcc11165c34352ac.jpg
TOShKENT, 21 sen - Sputnik. Germaniya kansleri Olaf Shols Turkiyaning ShHTga qo‘shilish istagi haqidagi savoldan so‘ng o‘zini yo‘qotdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Jurnalistlar unga Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishi doirasida murojaat qilishgan. Sholsning fikriga ko‘ra ShHT dunyoda yaxshi munosabatlar o‘rnatilishiga hissa qo‘shmas emish. Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Turkiya prezidenti Tayyip Erdo‘g‘on Turkiya ShHTga a’zo bo‘lishni maqsad qilib qo‘yganini e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng Yevropa Ittifoqi Turkiyaning bunday bayonotidan norozi ekanini ta’kidlagan edi. Bunga javoban Erdo‘g‘on Turkiyani 52-yildan buyon a’zolikka qabul qilmagan Yevropa Ittifoqi oldida hisobot berishga majbur emasligini ta’kidlagan edi Ma’lumot uchun, bugungi kunda ShHTga 8ta davlat a’zo. Bular Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Hindiston va Pokiston. ShHTning o‘tgan hafta Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammitida Eron ham tashkilotga kirish memorandumini imzoladi. Shuningdek Belarus ham imkon qadar ShHTga a’zo bo‘lish niyati borligini ta’kidladi.
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/15/27333301_187:0:2918:2048_1920x0_80_0_0_effb51baa86a5c6d5f292c611462693e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
dunyoda, germaniya, turkiya, bmt, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
dunyoda, germaniya, turkiya, bmt, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
Turkiyaning ShHTga kirishi haqidagi savollar Sholsni g‘azablantirdi
Bir kun oldin Erdo‘g‘on Turkiyani 52-yildan buyon a’zolikka qabul qilmagan Yevropa Ittifoqi oldida hisobot berishga majbur emasligini ta’kidlagan edi.
TOShKENT, 21 sen - Sputnik. Germaniya kansleri Olaf Shols Turkiyaning ShHTga qo‘shilish istagi haqidagi savoldan so‘ng o‘zini yo‘qotdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Jurnalistlar unga Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishi doirasida murojaat qilishgan. Sholsning fikriga ko‘ra ShHT dunyoda yaxshi munosabatlar o‘rnatilishiga hissa qo‘shmas emish.
"Biz bu tashkilot dunyoda yaxshi munosabatlar o‘rnatilishiga juda muhim hissa qo‘shayotgani yo‘q, deb hisoblaymiz. Shuning uchun bu masalaning rivojlanishi va bu boradagi muhokamalar meni juda g‘azablantirmoqda", dedi u suhbat chog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Turkiya prezidenti Tayyip Erdo‘g‘on Turkiya ShHTga a’zo bo‘lishni maqsad qilib qo‘yganini e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng Yevropa Ittifoqi Turkiyaning bunday bayonotidan norozi ekanini ta’kidlagan edi. Bunga javoban Erdo‘g‘on Turkiyani 52-yildan buyon a’zolikka qabul qilmagan Yevropa Ittifoqi oldida hisobot berishga majbur emasligini ta’kidlagan edi
Ma’lumot uchun, bugungi kunda ShHTga 8ta davlat a’zo. Bular Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Hindiston va Pokiston. ShHTning o‘tgan hafta Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammitida Eron ham tashkilotga kirish memorandumini imzoladi. Shuningdek Belarus ham imkon qadar ShHTga a’zo bo‘lish niyati borligini ta’kidladi.