ShHT davlatlari Afg‘oniston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi kerak - diplomat

© AP Photo / Ebrahim NorooziBoyeviki dvijeniya "Taliban" na meste vzriva v Sikxskom xrame v Kabule, Afganista
Boyeviki dvijeniya Taliban na meste vzriva v Sikxskom xrame v Kabule, Afganista - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2022
Obuna bo‘lish
Mintaqa barqarorligi va ravnaqi uchun ShHT davlatlari, ayniqsa Rossiya va Xitoy, Afg‘onistonda Tolibon** hukumati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi kerak - Mashal.
TOShKENT, 21 sen - Sputnik. Xitoyning Global Times nashri Afg‘onistonning Pokistondagi sobiq elchisi mintaqaviy o‘zaro aloqalarni o‘rganish markazi asoschisi va rahbari Shukrulloh Atif Mashal bilan ShHT va Afg‘onistonning bugungi hukumati orasidagi munosabatlar haqida suhbat qildi.
Ilgari AQSh va uning xalqaro ittifoqchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, ulardan ko‘p moddiy va boshqa yordam olgan Afg‘oniston hukumati o‘tgan yili Tolibon tomonidan ag‘darildi. G‘arb davlatlari o‘zlarining asosiy intervensiya maqsadlariga erisha olmadilar, shuningdek, mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirdilar. AQSh va uning hamkorlari afg‘on jamiyatini yaxshiroq tushunishga qaratilgan sa’y-harakatlarni e’tiborsiz qoldiradigan, yomon o‘ylangan terrorizmga qarshi siyosatni qabul qildi.
Afg‘onlar barcha jabhalarda jang qildilar va tashqaridan o‘rnatilgan rejimni o‘zgartirish sxemalariga qarshi chiqdilar. Mahalliy aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan hukumat barbod bo‘lishga mahkum.
Afg‘onistonning zamonaviy siyosiy tarixida Tolibon mamlakatdagi birinchi siyosiy kuch bo‘lib, ikki marta, birinchisi 1996 va 2021-yillarda hokimiyat tepasiga kelgan. Ularning oldingi hukumat ustidan g‘alaba qozonishi uning harakati butun mamlakat bo‘ylab ommaviy qo‘llab-quvvatlanayotganini anglatadi, avvalgi hukumat esa bu sohada muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Afg‘onistonning siyosiy spektridagi o‘zgarishlar dunyo tartibi keskin o‘zgarib borayotgan juda og‘ir bir vaqtda sodir bo‘lmoqda. Shunga ko‘ra, mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlashda Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Afg‘onistonda, uning yaqin atroflarida va umuman mintaqada tinchlik nima ekanligini ko‘proq o‘rganar ekanmiz, bir savolga javob berish vaqti keldi deb o‘ylayman:
- Afg‘oniston va mintaqada tinchlik o‘rnatilishiga qanday mexanizm yordam berishi mumkin?
Javob: Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT). ShHT endilikda mintaqada tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyotni ta’minlash uchun ko‘proq mas’uliyat yuklaydi, chunki uning tarkibida Afg‘onistonda hal qiluvchi manfaatlarga ega bo‘lgan barcha davlatlar bor.
ShHT davlatlari boshqa kuchlarning o‘tmishdagi xatolaridan saboq olishi va Afg‘onistondagi o‘tgan yildagi siyosiy o‘zgarishlarni tushunishi mumkin. Bu Afg‘onistonning yangi hukumati qonun va tartibni saqlashga mas’ul bo‘lgan yagona organ bo‘lib, keng jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganidan dalolat beradi. Shuning uchun ular bilan ishlash kerak.
2021 yil avgust oyida hokimiyatni qo‘lga olganidan beri Tolibon** butun dunyoni afg‘on tuprog‘idan boshqa davlatga qarshi ishlatib bo‘lmasligiga ishontirdi va o‘zaro manfaat va hurmat asosida qo‘shni davlatlar va mintaqaga do‘stlik qo‘lini cho‘zdi.
Agar mintaqa Afg‘oniston bilan ishlamasa, uning yangi hukumatini turli sohalarda qo‘llab-quvvatlamasa, aksincha - tahdid va muammolar paydo bo‘ladi.
Bugun mamlakatni ichki boshqaruvida Kobul uchta asosiy muammoga duch kelmoqda: tan olish, qashshoqlik va iqtisodiy beqarorlik. Har uchala sabab ham AQShning mas’uliyatsiz chiqib ketishi va tinchlik muzokaralarining muvaffaqiyatsizlikka uchraganida yotadi. Bu chaqiriqlar Afg‘oniston hukumatini zaiflashtirishi mumkin, bu esa "IShID"* va boshqa nodavlat turrorchi subyektlarning ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Ularning ta’sirini kamaytirish uchun qo‘shni va manfaatli davlatlar Tolibon bilan hamkorlik qilishi kerak. Biroq, mintaqa davlatlari ehtiyotkor, kutish va kuzatish usulini tanladi.
Bugungi Afg‘oniston butun mamlakat bo‘ylab qat’iy nazorat qilish va o‘z tashqi siyosatini belgilay oladigan kuchli hukumatga ega.
Afg‘oniston terrorchilar uchun xavfsiz boshpanaga aylanib borayotgani va u yerdan qo‘shni davlatlarga qarshi foydalanish mumkinligi - qo‘shni davlatlarni tobora ko‘proq xavotirga solayotganini ham tushunish muhim. O‘z navbatida Afg‘oniston ham qo‘shni davlatlar o‘z hududidan mamlakatga qarshi foydalanishga yo‘l qo‘ymasligini kutmoqda.
Shanxay hamkorlik tashkilotining yaqinda bo‘lib o‘tgan sammiti deklaratsiyasida ham Afg‘onistonga muhim e’tibor qaratilgan. Tashkilot bayonotida "Afg‘onistonda inklyuziv hukumat yaratish o‘ta muhim"ligini ta’kidlandi. Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zolari va boshqalarning tashvishi inklyuziv hukumat va afg‘on ayollarining huquqlari bilan bog‘liq. Bunday xavotirni tushunish mumkin.
Samarqand deklaratsiyasida ta’kidlanganidek, Afg‘oniston hukumatida mamlakatning barcha millatlari va mintaqalari vakillari bo‘lishi kerak. Shu sababli, inklyuzivlikni respublika davridagi eski gvardiyaning hukumatga qaytishi sifatida belgilamaslik kerak. Bunday "tanlangan inklyuzivlik" usuli ishlamaydi. Hozirgi afg‘on hukumati bu tanlab olingan inklyuzivlikni o‘zining ichki ishlariga bevosita aralashish sifatida ko‘rmasligi kerak.
Qizlarning ta’lim olishi ham haqli ravishda tashvish tug‘diradi va mamlakatda ko‘pchilik bu fikrga qo‘shiladi. Paktika viloyatidagi qabila oqsoqollarining so‘nggi bayonotiga ko‘ra, aholining katta qismi qizlar uchun maktablar ochilishini talab qilayotganidan dalolat beradi. Tolibon qizlarning ta’lim olishiga yo‘l ochib, ijtimoiy va diniy muammolarni hal qilishi kerak.
Boshqaruv haqidagi bayonotlarni turli yo‘llar bilan qabul qilish mumkin. Tolibon** mamlakatni qanday boshqarishini rejalashtirayotganini dunyoga ochiq oydin tushuntirishi va konstitutsiya qabul qilishi kerak.
Ayni paytda ShHT Afg‘onistonga boshqaruvning qanday turishi tanlashni belgilamasligi kerak. Afg‘onistonda boshqaruv turini tashqaridan turib tayinlash - kutilgan natijalarni bermasligi aniq. Buni afg‘onlar aksincha - o‘z ichki ishlariga aralashish deb tushunadilar.
Shu sababli, mintaqada tahdidlarga qarshi turish va xavfsizlikni ta’minlash uchun, ShHTga a’zo barcha davlatlar Afg‘oniston va uning amaldagi hukumati bilan hamkorlik qilishi kerak, aks holda turli noqonuniy va nodavlat uyushmalar ularning eshiklarini qoqib, barqarorligiga tahdid solishi mumkin.
Tolibon** IShID* va boshqa terrorchilarga qarshi kurash olib bormoqda. Tolibon bilan muomala qilishda umumiy maqsadlarga e’tibor qaratish, ShHT manfaatlariga mos keladi. Ular yuqorida tilga olingan barcha tahdidlarga qarshi kurashda va mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyot uchun kuchli hamkorga aylanishi mumkin. Bugungi o‘zgaruvchan global kun tartibida Kobulning muhim rolini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi.
Shunday qilib, mintaqaviy tinchlik va xavfsizlikni kafolatlaydigan mustahkam sheriklikni ta’minlash maqsadida ShHTga a’zo davlatlar, ayniqsa, ikki yirik jahon davlati – Xitoy va Rossiya Kobul bilan hamkorlikda yetakchilik qilishi mumkin. Mamlakat. Afg‘oniston atrofida birlashish bu mamlakat uchun ham, mintaqa uchun ham foydali.
* Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot
** Terrorchilik faoliyati uchun BMT tomonidan sanksiyalar ostida bo‘lgan tashkilot
Diqqat: Maqola muallifning fikrlari tahririyat nazarini aks ettirmaydi.
Yangiliklar lentasi
0