Samarqandda yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati o‘tkaziladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishLegkaya atletika
Legkaya atletika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2022
Obuna bo‘lish
Ochiq turnirda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Malayziya, Tailand va Filippin terma jamoalari tashrif buyuradi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. 23 sentabrdan 25-sentabrgacha Samarqand shahri yengil atletika bo‘yicha 4-bor o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo ochiq chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xalqaro musobaqada 11 mamlakatdan 300 nafardan ortiq sportchi ishtirok etadi. Ochiq turnirda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Malayziya, Tailand va Filippin terma jamoalari tashrif buyuradi.
“Samarqand shahridagi “Afrosiyob Arena” sport majmuasi yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionatini o‘tkazish uchun tayyorlab qo‘yildi. Sportchilar asosiy yugurish yo‘nalishlaridan tashqari texnik musobaqalarda ham, ya’ni balandlikka sakrash, tayanib sakrash, uzunlikka va uch hatlab sakrash, disk, bolg‘a va nayza uloqtirish bo‘yicha o‘zaro musobaqalashadi”, - deyiladi xabarda.
Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari deyarli barcha yo‘nalishlarda ishtirok etishi belgilangan. Musobaqada V Islom birdamligi o‘yinlari g‘oliblari Sharifa Davronova, Anvar Anvarov, Suhrob Xo‘jayev, Farida Soliyeva, Nargiza Qo‘chqorova va Roksana Xudoyarova kabi nomdor sportchilarimiz ham o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi.
Musobaqaning uchinchi kunida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi kubogi hamda “Save Aral 2022” xalqaro xayriya ommaviy yugurish musobaqasining navbatdagi bosqichi ham bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0