Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezident saylovi qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishReferendum po popravkam v konstitutsiyu Kazaxstana
Referendum po popravkam v konstitutsiyu Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezident saylovi 20-noyabrga belgilandi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Qozog‘istonda 20-noyabr kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Respublika prezidenti Qasim-Jomart Toqayev tegishli tegishli farmonga imzo chekdi.

“Navbatdan tashqari Qozog‘iston Respublikasi prezidenti saylovi 2022-yil 20-noyabrga belgilansin”, - deyiladi Oq o‘rda chop qilgan hujjat matnida.

Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi navbatdan tashqari prezident saylovini tashkil etish va o‘tkazishni ta’minlashi zarur.
Eslatib o‘tamiz, Qosim-Jomart Toqayev 1-sentabr kuni mamlakat xalqiga yo‘llagan murojaatida navbatdan tashqari prezident saylovini o‘tkazishni taklif qilgan edi. Shuningdek, u prezidentni bir marta qayta saylanish huquqisiz 7-yillik muddatga saylash tashabbusini ilgari surgan edi.
Yangiliklar lentasi
0