https://oz.sputniknews.uz/20220921/qishloqlarda-chet-tillarini-orgatishni-tashkil-qilganlarga-subsidiya-ajratish-tartibi-belgilandi-28418427.html
Qishloqlarda chet tillarini o‘rgatishni tashkil qilganlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi
Qishloqlarda chet tillarini o‘rgatishni tashkil qilganlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi
Sputnik O‘zbekiston
Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha bir martalik subsidiya ajratiladi. 21.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-21T14:48+0500
2022-09-21T14:48+0500
2022-09-21T14:48+0500
iqtisod
subsidiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1294/00/12940083_0:359:2807:1938_1920x0_80_0_0_eaec1ae622c2f7906fc3c716e479f0ca.jpg
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Hukumatning 20-sentabrdagi qarori bilan Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.Reglamentga ko‘ra, subsidiya nodavlat ta’lim tashkilotlariga quyidagi maqsadlarda ajratiladi:Nodavlat ta’lim tashkiloti subsidiya olish uchun kalendar yilning har choragi birinchi oyining 10 sanasigacha YaIDXPda elektron ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qiladi.Murojaatga quyidagilar ilova qilinadi:Subsidiya talabgorlaridan yuqorida ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.Talabgor tomonidan davlat xizmatidan foydalanish uchun to‘lov amalga oshirilmaydi.Mazkur tartib 2022-yil 1-oktabrdan amalga kiritiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1294/00/12940083_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_96c5a3cbcd45260d616cf3cf51e306e0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, subsidiya
Qishloqlarda chet tillarini o‘rgatishni tashkil qilganlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi
Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha bir martalik subsidiya ajratiladi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Hukumatning 20-sentabrdagi qarori bilan Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti
tasdiqlandi. Reglamentga ko‘ra, subsidiya nodavlat ta’lim tashkilotlariga quyidagi maqsadlarda ajratiladi:
bino va o‘quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o‘qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jixozlashga;
zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to‘lashga.
Nodavlat ta’lim tashkiloti subsidiya olish uchun kalendar yilning har choragi birinchi oyining 10 sanasigacha YaIDXPda elektron ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qiladi.
Murojaatga quyidagilar ilova qilinadi:
2 yilga mo‘ljallangan biznes reja;
mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to‘g‘risida tuzilgan xo‘jalik shartnomalari;
pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;
pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari;
ta’lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o‘quv xonalarining ijara shartnomasi (ko‘chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun).
Subsidiya talabgorlaridan yuqorida ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Talabgor tomonidan davlat xizmatidan foydalanish uchun to‘lov amalga oshirilmaydi.
Mazkur tartib 2022-yil 1-oktabrdan amalga kiritiladi.