O‘zbekiston tog‘ ekotizimini muhofaza qilishda hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor - Norov

© Ministerstvo inostrannix del UzbekistanaV g.Nyu-Yorke na polyax 77-oy Sessii Generalnoy Assamblei Organizatsii Obyedinennix Natsiy proshlo Soveshanie visokogo urovnya po ustoychivomu gornomu razvitiyu, soorganizatorom kotorogo vistupil Kirgizstan.
V g.Nyu-Yorke na polyax 77-oy Sessii Generalnoy Assamblei Organizatsii Obyedinennix Natsiy proshlo Soveshanie visokogo urovnya po ustoychivomu gornomu razvitiyu, soorganizatorom kotorogo vistupil Kirgizstan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2022
Obuna bo‘lish
Vladimir Norov BMT Bosh Assambleyasining tog‘larni barqaror rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda nutq so‘zladi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida Tog‘larni barqaror rivojlantirish bo‘yicha yuqori darajadagi yig‘ilishda ishtirok etdi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Vladimir Norov o‘z nutqida mamlakatda tog‘li hududlarni rivojlantirish, ular aholisining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.
“Yashil kun tartibi”ni targ‘ib qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, biologik xilma-xillikni saqlash va tabiiy resurslardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish bo‘yicha sa’y-harakatlar qayd etildi.
O‘zbekistonning tog‘ ekotizimini muhofaza qilishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro sheriklar bilan hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyorligi ma’lum qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida taklif etilgan Butunjahon ekologik xartiyasini ishlab chiqish dolzarbligi ta’kidlandi.
Qayd etilishicha, tadbir tashkilotchilaridan biri Qirg‘iziston tomoni bo‘ldi. Unda BMTga a’zo davlatlar va Tashkilot agentliklari delegatsiyalari ishtirok etdi.
Uchrashuv ishtirokchilari tog‘li hududlarning ekotizimlarini yaxshilash, ularda istiqomat qiladigan aholining farovonligini oshirish, muzliklarni saqlash sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashishdi.
Yangiliklar lentasi
0