https://oz.sputniknews.uz/20220921/olmaotada-ozbekiston-tovar-xom-ashyo-birjasi-vakolatxonasi-ochildi-28422655.html
Olmaotada O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi vakolatxonasi ochildi
Olmaotada O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi vakolatxonasi ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda O‘zRTXB vakolatxonasining ochilishi tadbirkorlarning ikki mamlakat tovar bozorlariga kirishini osonlashtiradi - tafsilotlar. 21.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-21T16:42+0500
2022-09-21T16:42+0500
2022-09-21T16:42+0500
iqtisod
olmaota
birja
o‘zbekiston tovar xom-ashyo birjasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/12/24630624_0:2:1025:578_1920x0_80_0_0_819a0f4649ed97e7ef6f44e078005a9a.jpg
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Olmaota shahridagi “Ken Dala” biznes markazida O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasining Qozog‘istondagi vakolatxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.Tadbirda O‘zRTXB raisi Ziyoviddin Badriddinov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi, Qozog‘iston ishbilarmon doiralari vakillari, Bosh konsullik xodimlari ishtirok etdi.O‘zRTXB raisining so‘zlariga ko‘ra, Olmaota shahrida O‘zRTXB vakolatxonasining ochilishi birja savdosining bozor mexanizmi imkoniyatlaridan foydalangan holda tadbirkorlar va tovar ishlab chiqaruvchilarning ikki qardosh davlatning tovar bozorlariga o‘zaro kirishini osonlashtirishga qaratilgan.Shuningdek, birjada savdo hajmini oshirish, xorijiy hamkorlar, jahonning yetakchi birjalari, xalqaro moliya tashkilotlari va tuzilmalari bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, birja savdolarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda tashqi savdo maydonchalari tarmog‘i haqida ma’lumot berildi.Uchrashuvda tomonlarning elektron platformalarida birja savdolarini tashkil etish bo‘yicha tajriba almashish, birja savdosining zamonaviy shakllari, usullari va texnologiyalarini shakllantirish va takomillashtirishda o‘zaro yordam ko‘rsatish kabi amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/12/24630624_126:0:897:578_1920x0_80_0_0_be3bb874255323d0c47d69a3833a7b7b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, olmaota, birja, o‘zbekiston tovar xom-ashyo birjasi
iqtisod, olmaota, birja, o‘zbekiston tovar xom-ashyo birjasi
Olmaotada O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi vakolatxonasi ochildi
Qozog‘istonda O‘zRTXB vakolatxonasining ochilishi tadbirkorlarning ikki mamlakat tovar bozorlariga kirishini osonlashtiradi - tafsilotlar.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Olmaota shahridagi “Ken Dala” biznes markazida O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasining Qozog‘istondagi vakolatxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar
berdi. Tadbirda O‘zRTXB raisi Ziyoviddin Badriddinov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi, Qozog‘iston ishbilarmon doiralari vakillari, Bosh konsullik xodimlari ishtirok etdi.
O‘zRTXB raisining so‘zlariga ko‘ra, Olmaota shahrida O‘zRTXB vakolatxonasining ochilishi birja savdosining bozor mexanizmi imkoniyatlaridan foydalangan holda tadbirkorlar va tovar ishlab chiqaruvchilarning ikki qardosh davlatning tovar bozorlariga o‘zaro kirishini osonlashtirishga qaratilgan.
Shuningdek, birjada savdo hajmini oshirish, xorijiy hamkorlar, jahonning yetakchi birjalari, xalqaro moliya tashkilotlari va tuzilmalari bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, birja savdolarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda tashqi savdo maydonchalari tarmog‘i haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuvda tomonlarning elektron platformalarida birja savdolarini tashkil etish bo‘yicha tajriba almashish, birja savdosining zamonaviy shakllari, usullari va texnologiyalarini shakllantirish va takomillashtirishda o‘zaro yordam ko‘rsatish kabi amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.