Migratsiya agentligi Rossiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

© Sputnik / Yekaterina ChesnokovaPokrovskiy sobor i Spasskaya bashnya Kremlya.
Pokrovskiy sobor i Spasskaya bashnya Kremlya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2022
Obuna bo‘lish
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka va odamlar ko‘p to‘planayotgan joylarga bormaslikka chaqirdi.
TOShKENT, 21 sen - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklardan davlat rasman ruxsat bermagan ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikni, Rossiya qonunlariga rioya etishni va odamlar ko‘p to‘planayotgan joylarga bormaslikni so‘radi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasi hududlarida davlat rasman ruxsat bermagan ommaviy namoyishlar o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Shu munosabat bilan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan bunday ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikni, Rossiya Federatsiyasi qonunlariga rioya etishni va odamlar ko‘p to‘planayotgan joylarga bormaslikni so‘raydi”, - deyiladi xabarda.
Agentlikning eslatishicha, bu kabi rasman ruxsat berilmagan tadbirlarda qatnashish chet el fuqarolari uchun Rossiya Federatsiyasi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortilish yoki davlatdan majburiy chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0