https://oz.sputniknews.uz/20220921/ei-rossiyaga-qanday-javob-berishni-maxfiy-muhokama-qilmoqda-28429519.html
YeI Rossiyaga qanday javob berishni maxfiy muhokama qilmoqda
YeI Rossiyaga qanday javob berishni maxfiy muhokama qilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar muvofiqlashtiruvchi yig‘ilish o‘tkazdi, ular Rossiyaga javob berishni ham muhokama qilmoqda. 21.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-21T20:08+0500
2022-09-21T20:08+0500
2023-04-05T18:39+0500
dunyoda
yevropa ittifoqi
bmt
referendum
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/18/25607114_0:159:3076:1889_1920x0_80_0_0_fe1f9bd8f1b50a9a4557b0b648d7074a.jpg
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Yevropa Ittifoqi davlatlari BMT Bosh Assambleyasi doirasida Rossiyaga o‘zlarining “javobi”ni muhokama qilmoqda, muhokamalar maxfiy. Bu haqda Brusselda bo‘lib o‘tgan brifingda Yevropa Ittifoqi tashqi xizmati rasmiy vakili Peter Stano ma’lum qildi.Dushanba kuni DXR va LXR jamoat palatalari respublikalar rahbarlari Denis Pushilin va Leonid Pasechnikga zudlik bilan Rossiya Federatsiyasiga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazish tashabbusi bilan murojaat qildi. Seshanba kuni Xerson viloyati Jamoatchilik kengashi ham shu taklif bilan viloyat rahbariga murojaat qildi. Keyinchalik, imkon qadar tezroq Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazish talabi Zaporojye viloyati ma’muriyati rahbari Yevgeniy Baliskiyga ham yo‘llangan.Hududlar vakillari o‘z murojaatlarida ta’kidlaganidek, Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilish ularning hududlari xavfsizligini ta’minlaydi va tarixiy adolatni tiklaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/18/25607114_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_09a0385ac5f6f177e37e264842562b0d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, yevropa ittifoqi, bmt, referendum, rossiya
dunyoda, yevropa ittifoqi, bmt, referendum, rossiya
YeI Rossiyaga qanday javob berishni maxfiy muhokama qilmoqda
20:08 21.09.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023) Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar muvofiqlashtiruvchi yig‘ilish o‘tkazdi, ular Rossiyaga javob berishni ham muhokama qilmoqda.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Yevropa Ittifoqi davlatlari BMT Bosh Assambleyasi doirasida Rossiyaga o‘zlarining “javobi”ni muhokama qilmoqda, muhokamalar maxfiy. Bu haqda Brusselda bo‘lib o‘tgan brifingda Yevropa Ittifoqi tashqi xizmati rasmiy vakili Peter Stano
ma’lum qildi. “Avval aytganimizdek, bu qadam ma’lum oqibatlarga olib keladi. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar allaqachon muvofiqlashtiruvchi yig‘ilish o‘tkazdi, biz boshqa narsalar qatori, har tomonlama tajovuzkorlikka javob berishni ham muhokama qilmoqdamiz. Lekin bu muhokamalar maxfiydir”, - dedi u referendum o‘tkazilishi haqidagi savolga javob berib.
Dushanba kuni DXR va LXR jamoat palatalari respublikalar rahbarlari Denis Pushilin va Leonid Pasechnikga zudlik bilan Rossiya Federatsiyasiga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazish tashabbusi bilan murojaat qildi. Seshanba kuni Xerson viloyati Jamoatchilik kengashi ham shu taklif bilan viloyat rahbariga murojaat qildi. Keyinchalik, imkon qadar tezroq Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazish talabi Zaporojye viloyati ma’muriyati rahbari Yevgeniy Baliskiyga ham yo‘llangan.
Hududlar vakillari o‘z murojaatlarida ta’kidlaganidek, Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilish ularning hududlari xavfsizligini ta’minlaydi va tarixiy adolatni tiklaydi.