Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Xerson viloyati ma’muriyati referendum o‘tkazishga qaror qildi

© Sputnik / Dmitriy MakeyevBilbord v Xersone.
Bilbord v Xersone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2022
Obuna bo‘lish
Xerson viloyati ma’muriyati rahbari Kreml referendum natijalarini qabul qilishiga ishonch bildirdi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Xerson viloyati ma’muriyati viloyatning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendum o‘tkazishga qaror qildi. Bu haqda ma’muriyat rahbari Vladimir Saldo ma’lum qildi.

“Hurmatli Xerson viloyati aholisi! Jamoat tashkilotlari va viloyat aholisining murojaatlarini ko‘rib chiqib, Xerson viloyati ma’muriyati rahbariyati Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazishga qaror qildi”, - dedi Saldo. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirilgan.

Saldo Kreml referendum natijalarini qabul qilishiga ishonch bildirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tarkibiga qaytish viloyat xavfsizligini ta’minlaydi, uning aholisi uchun yangi imkoniyatlar ochadi va tarixiy adolat tantanasiga aylanadi.
Viloyat rahbari Xerson viloyati Rossiya bilan birlashish yo‘lini belgilab qo‘ygani va undan qaytmasligini ta’kidladi.
Ma’lumot o‘rnida, bir kun oldin LXR va DXR jamoat palatalari referendum o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi - ular respublikalar rahbarlari Leonid Pasechnik va Denis Pushilinga murojaat qildi. Melitopolda ham Zaporojye viloyati fuqarolarining qurultoyi boshlandi, u yerda ham xuddi shunday imkoniyatni muhokama qilish rejalashtirilmoqda.
Maxsus operatsiya davomida Rossiya harbiylari Xerson va Zaporojye viloyatining Azov dengiziga tutash qismini nazoratga oldi, Xerson, Melitopol va Berdansk kabi yirik shaharlarni ozod qildi. Har ikki viloyatda yangi ma’muriyatlar shakllantirildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga uzatilmoqda, Qrim bilan savdo va transport aloqalari tiklanmoqda. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi. Bundan tashqari, sakkiz yil o‘tgach, Shimoliy Qrim kanali blokdan chiqarildi.
Yangiliklar lentasi
0