https://oz.sputniknews.uz/20220920/vengriya-tiv-rahbari-eini-yangi-sanktsiyalar-haqidagi-gaplarni-bas-qilishga-chaqirdi-28389888.html
Vengriya TIV rahbari YeIni yangi sanksiyalar haqidagi gaplarni bas qilishga chaqirdi
Vengriya TIV rahbari YeIni yangi sanksiyalar haqidagi gaplarni bas qilishga chaqirdi
Sputnik O‘zbekiston
Peter Siyartoning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar endi hech bir shubhasiz Rossiyaga qaraganda Yevropaning o‘zi uchun o‘ta og‘riqli ekanini isbotlagan. 20.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-20T16:35+0500
2022-09-20T16:35+0500
2023-04-05T18:39+0500
dunyoda
vengriya
yevropa ittifoqi
sanksiyalar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/14/28388329_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_2eba52dc4a9460342db07232b619e509.jpg
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Yevropa ittifoqi (YeI) Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar to‘plami haqidagi suhbatlarni bas qilishi kerak, bu Yevropadagi energetika inqirozini kuchaytiradi xolos. Bu haqda hozir Nyu Yorkdagi BMT Bosh assambleyasi sessiyasida bo‘lib turgan Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto ma’lum qildi.“YeI (Rossiyaga qarshi) sanksiyalarning sakkizinchi to‘plamini esga olish va energiya resurslarini yetkazib berish inqirozini yanada kuchaytiruvchi choralar ko‘rsatmalarini bas qilmog‘i darkor”, - dedi u ijtimoiy tarmoqlarda joylangan videomurojaatida.Siyarto sanksiyalar hech bir shubhasiz Rossiyaga qaraganda Yevropaning o‘zi uchun o‘ta og‘riqli ekanini isbotlaganini ta’kidlagan. Zero Yevropada inflyatsiya o‘sgan, energiya narxlari osmonga ko‘tarilgan.YeI energetika inqirozini yengib chiqa olmayapti – Turkiya energetika vazirligiMa’lumot uchun, G‘arb davlatlari Ukrainadagi maxsus operatsiya fonida Rossiyaning neft va gaz eksportidan keladigan daromadlarini cheklash bo‘yicha turli urinishlarni amalga oshirishda davom etmoqda. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, uglevodorodlari yetkazib beruvchi zanjirlarining uzilishi Yevropa va AQShda yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keladi va bu jarayon allaqachon boshlangan.Vladimir Putin avvalroq Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati G‘arb davlatlari uchun uzoq muddatli strategiya ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
vengriya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/14/28388329_222:0:2953:2048_1920x0_80_0_0_f18ce0d6c40dded5f7c9f4014e6a3e32.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, vengriya, yevropa ittifoqi, sanksiyalar, rossiya
dunyoda, vengriya, yevropa ittifoqi, sanksiyalar, rossiya
Vengriya TIV rahbari YeIni yangi sanksiyalar haqidagi gaplarni bas qilishga chaqirdi
16:35 20.09.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023) Peter Siyartoning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar endi hech bir shubhasiz Rossiyaga qaraganda Yevropaning o‘zi uchun o‘ta og‘riqli ekanini isbotlagan.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Yevropa ittifoqi (YeI) Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar to‘plami haqidagi suhbatlarni bas qilishi kerak, bu Yevropadagi energetika inqirozini kuchaytiradi xolos. Bu haqda hozir Nyu Yorkdagi BMT Bosh assambleyasi sessiyasida bo‘lib turgan Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto ma’lum qildi.
“YeI (Rossiyaga qarshi) sanksiyalarning sakkizinchi to‘plamini esga olish va energiya resurslarini yetkazib berish inqirozini yanada kuchaytiruvchi choralar ko‘rsatmalarini bas qilmog‘i darkor”, - dedi u ijtimoiy tarmoqlarda joylangan videomurojaatida.
Siyarto sanksiyalar hech bir shubhasiz Rossiyaga qaraganda Yevropaning o‘zi uchun o‘ta og‘riqli ekanini isbotlaganini ta’kidlagan. Zero Yevropada inflyatsiya o‘sgan, energiya narxlari osmonga ko‘tarilgan.
Ma’lumot uchun, G‘arb davlatlari Ukrainadagi maxsus operatsiya fonida Rossiyaning neft va gaz eksportidan keladigan daromadlarini cheklash bo‘yicha turli urinishlarni amalga oshirishda davom etmoqda. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, uglevodorodlari yetkazib beruvchi zanjirlarining uzilishi Yevropa va AQShda yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keladi va bu jarayon allaqachon boshlangan.
Vladimir Putin avvalroq Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati G‘arb davlatlari uchun uzoq muddatli strategiya ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.