Ufada O‘zbekiston madaniyat kunlari bo‘lib o‘tdi

© Qashqadaryo viloyati hokimligi Ufa shahri
Ufa shahri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2022
Obuna bo‘lish
Qashqadaryo viloyati delegatsiyasi Boshqirdistonda xizmat safarida bo‘lib turibdi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Ayni kunlarda Qashqadaryo viloyati delegatsiyasi Boshqirdiston Respublikasida 2 haftalik xizmat safarida bo‘lib turibdi. Bu haqida viloyat hokimligi xabar berdi.
Viloyat hokimligi, viloyat bandlik boshqarmasi va viloyat Kasaba uyushmalari mas’ullaridan iborat delegatsiya Boshqirdistonda o‘tkazilayotgan "Transport va qurilish" xalqaro kongresida ishtirok etmoqda.
© Qashqadaryo viloyati hokimligi Ufa shahri
Ufa shahri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2022
Ufa shahri
Boshqirdiston Respublikasi transport va yo‘l xo‘jaligi vaziri Aleksandr Bulushev Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, kongresda transport va yo‘l qurilishi sohasidagi so‘nggi yutuqlar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratilgan.
“Biz Belarus, O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Erondan mingdan ortiq mehmonlarni kutmoqdamiz”, deydi Aleksandr Bulushev.
Safar doirasida O‘zbekiston tashqi mehnat migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakilligi va Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorlikda Ufa shahrida O‘zbekiston madaniyati kunlari ham tashkil etildi.
Unda sayyohlarga O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari haqida ma’lumot berildi. Qashqadaryodagi turizm va ziyorat ob’ektlari haqida video roliklar namoish etildi.
© Qashqadaryo viloyati hokimligi Ufa shahri
Ufa shahri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2022
Ufa shahri
Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad xalqlar o‘rtasidagi madaniy hamkorlik va muloqotning barcha shakllarini rivojlantirish, madaniy yutuqlarni o‘zaro almashish hamda turizmni rivojlantirishdan iborat.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari Boshqirdiston Respublikasi va Nijegorod viloyatidagi vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolar bilan uchrashadi.
Qolaversa, ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuvlarga erishish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0