https://oz.sputniknews.uz/20220920/toshkentda-xalqaro-sayyohlik-yarmarkasi-bolib-otadi-28370300.html
Toshkentda xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi
Toshkentda xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi
Sputnik O‘zbekiston
Yarmarka doirasida konferensiyalar, B2B uchrashuvlari, davra suhbatlari, sayyohlik xizmatlari va hunarmandchilik ko‘rgazmalari, milliy taomlarni tayyorlash bo‘yicha... 20.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-20T06:17+0500
2022-09-20T06:17+0500
2022-09-20T08:29+0500
madaniyat
toshkent
sayyohlar
o‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi
turizm va madaniy meros vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/960/61/9606155_0:63:1201:738_1920x0_80_0_0_e8beda7dc1c8c2477a903e10033f0cdc.jpg
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. 30-noyabrdan 2-dekabrgacha Toshkentda “Ipak yo‘lida turizm-2022” 27-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi (TXTY) bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Yarmarka “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilonida o‘tkaziladi. Uning tashkilotchilari Turizm va madaniy meros vazirligi, “Milliy PR markazi” davlat unitar korxonasi, The SAYS LOT MChJ vakili SAYS ko‘rgazma kompaniyasi hisoblanadi.Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi turizm mahsulotlarini targ‘ib qilish, ishbilarmonlik aloqalari va hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga yordam beruvchi axborot maydonchasidir.TXTY-2022 doirasida konferensiyalar, B2B uchrashuvlari, davra suhbatlari, sayyohlik xizmatlari va hunarmandchilik ko‘rgazmalari, O‘zbekistonning turizm salohiyatiga ega hududlarining taqdimotlari, milliy taomlarni tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladigan gastro-bozor tashkil etiladi.Yarmarka butun dunyodan sayyohlik biznesi mutaxassislarini birlashtiradi va ushbu sohaning barcha vakillari: yetakchi sayyohlik va transport kompaniyalari, aviakompaniyalar, yirik mehmonxonalar tarmoqlari, diplomatik korpuslar va turizm sohasidagi ta’lim muassasalari xodimlari uchun manfaatli bo‘ladi.TXTY doirasidagi forum spikerlari sifatida turizm sohasidagi yetakchi xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirok etadi. Yarmarkaga tashrif buyuruvchilar va ishtirokchilar yangi sayyohlik yo‘nalishlari bilan tanishish, mamlakatdagi yangi manzillarning turistik salohiyatini baholash, O‘zbekiston har bir hududining rang-barang muhiti, madaniyati va an’analariga sho‘ng‘ish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladi.TXTY 1995-yildan beri BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) ko‘magida o‘tkazib kelinmoqda. Ko‘rgazma har yili sayyohlik sohasining yuzlab mutaxassislarini jamlab, ushbu sohani xalqaro miqyosda rivojlantirish uchun sharoit yaratib kelmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/960/61/9606155_66:0:1133:800_1920x0_80_0_0_ec011ad0032ef124a85f42a091955606.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, toshkent, sayyohlar, o‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi , turizm va madaniy meros vazirligi
madaniyat, toshkent, sayyohlar, o‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi , turizm va madaniy meros vazirligi
Toshkentda xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi
06:17 20.09.2022 (yangilandi: 08:29 20.09.2022) Yarmarka doirasida konferensiyalar, B2B uchrashuvlari, davra suhbatlari, sayyohlik xizmatlari va hunarmandchilik ko‘rgazmalari, milliy taomlarni tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladigan gastro-bozor tashkil etiladi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. 30 noyabrdan 2-dekabrgacha Toshkentda “Ipak yo‘lida turizm-2022” 27-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi (TXTY) bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Yarmarka “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilonida o‘tkaziladi. Uning tashkilotchilari Turizm va madaniy meros vazirligi, “Milliy PR markazi” davlat unitar korxonasi, The SAYS LOT MChJ vakili SAYS ko‘rgazma kompaniyasi hisoblanadi.
Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi turizm mahsulotlarini targ‘ib qilish, ishbilarmonlik aloqalari va hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga yordam beruvchi axborot maydonchasidir.
TXTY-2022 doirasida konferensiyalar, B2B uchrashuvlari, davra suhbatlari, sayyohlik xizmatlari va hunarmandchilik ko‘rgazmalari, O‘zbekistonning turizm salohiyatiga ega hududlarining taqdimotlari, milliy taomlarni tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladigan gastro-bozor tashkil etiladi.
Yarmarka butun dunyodan sayyohlik biznesi mutaxassislarini birlashtiradi va ushbu sohaning barcha vakillari: yetakchi sayyohlik va transport kompaniyalari, aviakompaniyalar, yirik mehmonxonalar tarmoqlari, diplomatik korpuslar va turizm sohasidagi ta’lim muassasalari xodimlari uchun manfaatli bo‘ladi.
TXTY doirasidagi forum spikerlari sifatida turizm sohasidagi yetakchi xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirok etadi. Yarmarkaga tashrif buyuruvchilar va ishtirokchilar yangi sayyohlik yo‘nalishlari bilan tanishish, mamlakatdagi yangi manzillarning turistik salohiyatini baholash, O‘zbekiston har bir hududining rang-barang muhiti, madaniyati va an’analariga sho‘ng‘ish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladi.
TXTY 1995-yildan beri BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) ko‘magida o‘tkazib kelinmoqda. Ko‘rgazma har yili sayyohlik sohasining yuzlab mutaxassislarini jamlab, ushbu sohani xalqaro miqyosda rivojlantirish uchun sharoit yaratib kelmoqda.