https://oz.sputniknews.uz/20220920/tojikiston-va-qirgiziston-tinchlik-protokolini-imzoladi-28378890.html
Tojikiston va Qirg‘iziston tinchlik protokolini imzoladi
Tojikiston va Qirg‘iziston tinchlik protokolini imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
Protokol ikki davlatning chegaradagi qo‘shimcha kuchlarni olib chiqib ketishini va o‘t ochishni to‘xtatishini nazarda tutadi. 20.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-20T09:22+0500
2022-09-20T09:22+0500
2022-09-20T09:56+0500
dunyoda
qirg‘iz-tojik chegarasi
tojikiston
qirg‘iziston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/14/28379003_0:0:800:450_1920x0_80_0_0_034a8f6f21147c1f9c6720a8548e5217.jpg
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. 19-sentabr, dushanba kuni tunda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Kamchibek Tashiyev va Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Saymumin Yatimov chegaradagi qo‘shimcha kuchlarni olib chiqib ketishni nazarda tutuvchi protokolni imzoladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Kamchibek Tashiyev jurnalistlarga protokol imzolanganini tasdiqladi.Tinchlik bayonnomasi uchta punktni o‘z ichiga oladi:• qo‘shinlarni chegara chizig‘idan doimiy joylashtirish joylariga olib chiqish;• ikki davlat chegarasida faqat chegara otradlarining mavjudligi;• chegara masalalarini hal etish jarayonini davom ettirish.Tashiyevning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat chegarasida vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha ishlar davom etadi.Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida yirik to‘qnashuvlar 16-sentabr kuniertalab boshlangan. Tomonlar bir-birini o‘q uzganlikda aybladi. Ikki davlat harbiylari o‘rtasidagi shiddatli janglar chegaraning deyarli butun perimetri bo‘ylab kun bo‘yi davom etdi. 17-sentabrkuni ertalab vaqti-vaqti bilan to‘qnashuvlar qayta boshlandi. Tomonlar bir-birini sulh bitimini buzganlikda aybladi. Otishma faqat shanba kuni kechqurun to‘xtadi.14-17 sentabr kunlari Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida navbatdagi qurolli to‘qnashuv yuz berdi. Tomonlar uni boshlashda bir-birlarini ayblashmoqda.So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, chegaradagi qurolli to‘qnashuv oqibatida 59 nafar qirg‘izistonlik halok bo‘lgan, yana 100 dan ortiq kishi jabrlangan. Qirg‘iziston prezidenti 19-sentabrni qurbonlar xotirasiga milliy motam kuni deb e’lon qildi.Tojikiston TIV ma’lumotlariga ko‘ra, chegaradagi to‘qnashuvda 41 nafar tinch aholi halok bo‘lgan.
tojikiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/14/28379003_100:0:700:450_1920x0_80_0_0_a001387385b9bde96b7324ba5d158919.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, qirg‘iz-tojik chegarasi, tojikiston, qirg‘iziston
dunyoda, qirg‘iz-tojik chegarasi, tojikiston, qirg‘iziston
Tojikiston va Qirg‘iziston tinchlik protokolini imzoladi
09:22 20.09.2022 (yangilandi: 09:56 20.09.2022) Protokol ikki davlatning chegaradagi qo‘shimcha kuchlarni olib chiqib ketishini va o‘t ochishni to‘xtatishini nazarda tutadi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. 19 sentabr, dushanba kuni tunda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Kamchibek Tashiyev va Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Saymumin Yatimov chegaradagi qo‘shimcha kuchlarni olib chiqib ketishni nazarda tutuvchi protokolni imzoladi. Bu haqda
RIA Novosti xabar berdi.
“Tomonlar chegara hududlarida barqarorlikni ta’minlash masalalarini muhokama qildi, shuningdek, o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga majburiy rioya etilishini ta’kidladi”, -degan nashr suhbatdoshi.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Kamchibek Tashiyev jurnalistlarga protokol imzolanganini tasdiqladi.
“Protokolni men va Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Saymumin Yatimov imzoladik. Chegaradagi vaziyat barqarorlashmoqda”, - degan maxsus xizmat rahbari.
Tinchlik bayonnomasi uchta punktni o‘z ichiga oladi:
• qo‘shinlarni chegara chizig‘idan doimiy joylashtirish joylariga olib chiqish;
• ikki davlat chegarasida faqat chegara otradlarining mavjudligi;
• chegara masalalarini hal etish jarayonini davom ettirish.
Tashiyevning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat chegarasida vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha ishlar davom etadi.
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida yirik to‘qnashuvlar 16-sentabr kuniertalab boshlangan. Tomonlar bir-birini o‘q uzganlikda aybladi. Ikki davlat harbiylari o‘rtasidagi shiddatli janglar chegaraning deyarli butun perimetri bo‘ylab kun bo‘yi davom etdi. 17-sentabrkuni ertalab vaqti-vaqti bilan to‘qnashuvlar qayta boshlandi. Tomonlar bir-birini sulh bitimini buzganlikda aybladi. Otishma faqat shanba kuni kechqurun to‘xtadi.
14-17 sentabr kunlari Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida navbatdagi qurolli to‘qnashuv
yuz berdi. Tomonlar uni boshlashda bir-birlarini ayblashmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, chegaradagi qurolli to‘qnashuv oqibatida 59 nafar qirg‘izistonlik
halok bo‘lgan, yana 100 dan ortiq kishi jabrlangan. Qirg‘iziston prezidenti 19-sentabrni qurbonlar xotirasiga milliy motam kuni deb
e’lon qildi.Tojikiston TIV ma’lumotlariga ko‘ra, chegaradagi to‘qnashuvda 41 nafar tinch aholi halok bo‘lgan.