https://oz.sputniknews.uz/20220920/qabrlar-atrofini-tosiqlar-bilan-orash-taqiqlanishi-mumkin--28398632.html
Qabrlar atrofini to‘siqlar bilan o‘rash taqiqlanishi mumkin
Qabrlar atrofini to‘siqlar bilan o‘rash taqiqlanishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Qo‘shni qabrlar hududlarini va bo‘sh yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 20.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-20T19:22+0500
2022-09-20T19:22+0500
2022-09-20T19:22+0500
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/14/28398355_0:158:3001:1846_1920x0_80_0_0_0569cfed48f7dd26aa1a11e5b0697797.jpg
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘zbekistonda qabristonlarda qabrlar atrofini to‘siqlar bilan o‘rashni taqiqlash rejalashtirilmoqda. Adliya vazirligi Hukumatning tegishli qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan.Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish taklif qilinmoqda.Yangi qabristonlarni barpo etish tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan amalga oshiriladi.Dafn etishga ruxsatni qabriston mudiri (nazoratchisi) faqat tibbiyot muassasasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnoma yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari tomonidan berilgan, o‘lim to‘g‘risida belgilangan shakldagi tegishli hujjatlar taqdim etilganidan keyingina beradi.Hujjatda qabristonlarning butun hududini har yili kamida ikki marta (yoz va kuz oylari davomida) obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini bajarish belgilanishi kutilmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/14/28398355_164:0:2835:2003_1920x0_80_0_0_9a119a8c66110ec1caee7c2fe5d83e17.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston
Qabrlar atrofini to‘siqlar bilan o‘rash taqiqlanishi mumkin
Qo‘shni qabrlar hududlarini va bo‘sh yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘zbekistonda qabristonlarda qabrlar atrofini to‘siqlar bilan o‘rashni taqiqlash rejalashtirilmoqda. Adliya vazirligi Hukumatning tegishli qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga
qo‘ygan. Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish taklif qilinmoqda.
Unga ko‘ra, qabrlar atrofini metall va boshqa to‘siqlar (o‘simliklardan iborat yashil to‘siqlardan tashqari) bilan o‘rab olish taqiqlanadi. Shuningdek, qo‘shni qabrlar hududlarini va bo‘sh yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yangi qabristonlarni barpo etish tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan amalga oshiriladi.
Dafn etishga ruxsatni qabriston mudiri (nazoratchisi) faqat tibbiyot muassasasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnoma yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari tomonidan berilgan, o‘lim to‘g‘risida belgilangan shakldagi tegishli hujjatlar taqdim etilganidan keyingina beradi.
Hujjatda qabristonlarning butun hududini har yili kamida ikki marta (yoz va kuz oylari davomida) obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini bajarish belgilanishi kutilmoqda.