O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi yana kamaydi

© Depositphotos.com / BalonciciZolotie slitki
Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yalpi xalqaro zaxiralari 2022-yil boshidan 1,06 mlrd dollarga yoki 3 foizga kamaydi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘zbekistonning yalpi xalqaro zaxiralari 1-sentabr holatiga ko‘ra, 34 mlrd 79,9 mln dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank e’lon qilgan sharhda keltirilgan.
Avgust oyi davomida oltin-valyuta zaxiralari 527,4 mln dollarga kamaygan:
valyuta — 433 mln dollarga;
oltin — 77 mln dollarga.
Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (erkin konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) 12,47 mlrd dollardan 12,044 mlrd dollarga kamaygan.
Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik qoldig‘i 12,3 mln troy unsiyani tashkil qilmoqda. Uning moliyaviy qiymati 21 078,6 mln dollardan 21 001,9 mln dollarga kamaygan.
“O‘zbekiston Respublikasi yalpi xalqaro zaxiralari 2022-yil boshidan 1,06 mlrd dollarga yoki 3 foizga kamaydi. Bunda oltin narxining yil boshidagi 1799,25 dollardan 1712,40 dollargacha pasayishining ta’siri 1,07 mlrd dollarni tashkil qildi”, - deyiladi sharhda.
Xalqaro zaxiralar xorijiy valyuta mablag‘lari, maxsus qarz olish huquqi, Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi zaxira pozitsiyasi va oltindan iborat. Xorij valyutasi, asosan, banklarda saqlanadigan naqd pullarni o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning yalpi xalqaro zaxiralari 1-avgust holatiga 34 607,3 mlrd dollarni tashkil qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0