https://oz.sputniknews.uz/20220920/ozbekistonni-ochiqlik-va-islohotlar-siyosatini-amalga-oshirishda-qollab-quvvatlaymiz---bmt-28399239.html
O‘zbekistonni ochiqlik va islohotlar siyosatini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlaymiz - BMT
O‘zbekistonni ochiqlik va islohotlar siyosatini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlaymiz - BMT
Sputnik O‘zbekiston
Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Nyu-Yorkda BMT bosh kotibi Antonio Guterrish bilan uchrashdi. 20.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-20T17:43+0500
2022-09-20T17:43+0500
2022-09-20T17:43+0500
siyosat
vladimir norov
antoniu guterrish
bmt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/14/28399364_0:54:1024:630_1920x0_80_0_0_911a22236d3a2918aad6280f9800d083.jpg
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ochiqlik va islohotlar siyosatini amalga oshirish yo‘lida O‘zbekistonni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu haqda tashkiloti bosh kotibi Antonio Guterrish O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Guterrish O‘zbekiston rahbariyatining ortga qaytmas xususiyatga ega ilg‘or keng ko‘lamli o‘zgarishlarni amalga oshirishga bo‘lgan siyosiy irodasi va qat’iyatini yuqori baholadi.Bosh kotib O‘zbekiston va BMT o‘rtasida jadal kengayib borayotgan hamkorlikni olqishladi.O‘zbekistonning Orol dengizi qurishi oqibatlarini yumshatish, Orolbo‘yi aholisining turmush darajasi va sifatini oshirish, mintaqada zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy va sanoat infratuzilmasi obyektlarini qurish borasidagi sa’y-harakatlari BMT tomonidan yuqori baholanishi ma’lum qilindi.Tashkilot, shuningdek, O‘zbekiston tomonidan mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, “Termiz - Mozori-Sharif - Kobul – Peshovar” temir yo‘lini qurilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/14/28399364_58:0:967:682_1920x0_80_0_0_b38e4fa6bb11b0a8f566e174b3d4d042.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, vladimir norov, antoniu guterrish, bmt
siyosat, vladimir norov, antoniu guterrish, bmt
O‘zbekistonni ochiqlik va islohotlar siyosatini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlaymiz - BMT
Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Nyu-Yorkda BMT bosh kotibi Antonio Guterrish bilan uchrashdi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ochiqlik va islohotlar siyosatini amalga oshirish yo‘lida O‘zbekistonni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu haqda tashkiloti bosh kotibi Antonio Guterrish O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum
qildi. BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Guterrish O‘zbekiston rahbariyatining ortga qaytmas xususiyatga ega ilg‘or keng ko‘lamli o‘zgarishlarni amalga oshirishga bo‘lgan siyosiy irodasi va qat’iyatini yuqori baholadi.
Bosh kotib O‘zbekiston va BMT o‘rtasida jadal kengayib borayotgan hamkorlikni olqishladi.
"O‘zbekiston tinchlik, xavfsizlik, inson huquqlari masalalaridan tortib iqlim va barqaror rivojlanishgacha bo‘lgan barcha sohalardagi ishonchli hamkorimizdir. Mamlakat BMTning ko‘p tomonlama kun tartibini ilgari surishda etakchi o‘rinni egallaydi", - deydi Guterrish.
O‘zbekistonning Orol dengizi qurishi oqibatlarini yumshatish, Orolbo‘yi aholisining turmush darajasi va sifatini oshirish, mintaqada zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy va sanoat infratuzilmasi obyektlarini qurish borasidagi sa’y-harakatlari BMT tomonidan yuqori baholanishi ma’lum qilindi.
Tashkilot, shuningdek, O‘zbekiston tomonidan mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, “Termiz - Mozori-Sharif - Kobul – Peshovar” temir yo‘lini qurilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.