https://oz.sputniknews.uz/20220920/mirziyoev-qirgiz-tojik-chegarasidagi-vaziyatni-izga-solishga-oid-erishilgan-kelishuvni-olqishladi-28400135.html
Mirziyoyev qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyatni izga solishga oid erishilgan kelishuvni olqishladi
Mirziyoyev qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyatni izga solishga oid erishilgan kelishuvni olqishladi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida yaqinda yuz bergan fojiali voqealar sabab qurbon bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga chuqur hamdardlik... 20.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-20T18:00+0500
2022-09-20T18:00+0500
2022-09-20T18:09+0500
emomali rahmon
sadir japarov
shavkat mirziyoyev
qirg‘iz-tojik chegarasi
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28233926_0:65:1280:785_1920x0_80_0_0_861ce35991e1265f255a68b8de9f14b3.jpg
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, Mirziyoyev har ikki qo‘shni davlatlar rahbarlari bilan Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida yaqinda yuz bergan fojiali voqealar yuzasidan fikr almashgan. Qurbon bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, vaziyatning avj olishini to‘xtatish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlarga erishilganini chin dildan olqishlagan.Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida o‘tkazilgan tadbirlarning sermahsul yakunlarini muhokama qilgan. Ikki davlat yetakchisining suhbatida ustuvor yo‘nalishlardagi kooperatsiya loyihalari bo‘yicha kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish, shu jumladan “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasini ilgari surish muhimligi alohida ta’kidlangan. Bo‘lajak oliy darajadagi, shu jumladan mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi uchrashuvlarga tayyorgarlikning borishi ham ko‘rib chiqilgan.Mirziyoyev va Emomali Rahmon o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbatda esa ShHT Samarqand sammitining asosiy yakunlari va uning doirasida o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuv yuzasidan fikr almashgan. Oliy darajadagi tadbirlar davomida qabul qilingan, eng avvalo, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini tayyorlashni tezlashtirish va ilgari surish bo‘yicha qarorlarni tez fursatda amalga oshirish muhimligi qayd etilgan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston va Qirg‘iziston tinchlik protokolini imzolagani xabar qilingan edi. Tomonlar chegara hududlarida barqarorlikni ta’minlash va o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilishlarini bildirishgan.So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qirg‘iz-tojik chegarasida yuzaga kelgan navbatdagi qurolli to‘qnashuvda Qirg‘iziston tomonidan 59 kishi halok bo‘lgan, 198 kishi esa jarohatlangan. Rasmiy Dushanbe esa 41 nafar qurbon haqida ma’lumot bergan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28233926_118:0:1185:801_1920x0_80_0_0_80d46f733fe0d83dfa51e73db932138e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
emomali rahmon, sadir japarov, shavkat mirziyoyev, qirg‘iz-tojik chegarasi, siyosat
emomali rahmon, sadir japarov, shavkat mirziyoyev, qirg‘iz-tojik chegarasi, siyosat
Mirziyoyev qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyatni izga solishga oid erishilgan kelishuvni olqishladi
18:00 20.09.2022 (yangilandi: 18:09 20.09.2022) Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida yaqinda yuz bergan fojiali voqealar sabab qurbon bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti
Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti
Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mirziyoyev har ikki qo‘shni davlatlar rahbarlari bilan Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida yaqinda yuz bergan fojiali voqealar yuzasidan fikr almashgan. Qurbon bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, vaziyatning avj olishini to‘xtatish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlarga erishilganini chin dildan olqishlagan.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida o‘tkazilgan tadbirlarning sermahsul yakunlarini muhokama qilgan. Ikki davlat yetakchisining suhbatida ustuvor yo‘nalishlardagi kooperatsiya loyihalari bo‘yicha kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish, shu jumladan “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasini ilgari surish muhimligi alohida ta’kidlangan. Bo‘lajak oliy darajadagi, shu jumladan mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi uchrashuvlarga tayyorgarlikning borishi ham ko‘rib chiqilgan.
Mirziyoyev va Emomali Rahmon o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbatda esa ShHT Samarqand sammitining asosiy yakunlari va uning doirasida o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuv yuzasidan fikr almashgan. Oliy darajadagi tadbirlar davomida qabul qilingan, eng avvalo, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini tayyorlashni tezlashtirish va ilgari surish bo‘yicha qarorlarni tez fursatda amalga oshirish muhimligi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston va Qirg‘iziston tinchlik protokolini imzolagani
xabar qilingan edi. Tomonlar chegara hududlarida barqarorlikni ta’minlash va o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilishlarini bildirishgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qirg‘iz-tojik chegarasida yuzaga kelgan navbatdagi qurolli to‘qnashuvda Qirg‘iziston tomonidan 59 kishi halok bo‘lgan, 198 kishi esa jarohatlangan. Rasmiy Dushanbe esa 41 nafar qurbon haqida ma’lumot bergan.