https://oz.sputniknews.uz/20220920/dxr-lxr-xerson-28399577.html
DXR, LXR, Zaporojye va Xersonda Rossiyaga qo‘shilishi bo‘yicha referendum bir sanada bo‘ladi
DXR, LXR, Zaporojye va Xersonda Rossiyaga qo‘shilishi bo‘yicha referendum bir sanada bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
23-27 sentabr kunlari DXR, LXR va Xerson viloyatining Rossiya tarkibiga qo‘shilishi bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi. 20.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-20T20:07+0500
2022-09-20T20:07+0500
2022-09-20T20:07+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
donesk xalq respublikasi (dxr)
lugansk xalq respublikasi (lxr)
xerson viloyati
referendum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/14/28402062_0:286:3130:2047_1920x0_80_0_0_bb6503bc2610676ec7e08412940198d5.jpg
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Donesk va Lugansk Xalq Respublikalarida Rossiyaga qo‘shilish masalasi bo‘yicha ovoz berish jarayoni 23-27 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.Qayd etilishicha, Donbass respublikalarining Rossiya tarkibiga kirishi bo‘yicha zudlik bilan ovoz berishni tashkil etish tashabbusi bir kun oldin LXR va DXR jamoat palatalari tomonidan ilgari surilgan. Bunday iltimos bilan ular viloyatlar rahbarlari Leonid Pasechnik va Denis Pushilinga murojaat qilishgan.Fevral o‘rtalarida Lugansk va Donesk Xalq Respublikalari rahbarlari Rossiyadan o‘z suverenitetini tan olishni so‘ragan edi. 21-fevral kuni Vladimir Putin tegishli farmonlarni imzoladi. Donbass respublikalarining mustaqilligini Janubiy Osetiya, Abxaziya, Suriya va Shimoliy Koreya ham tan olgan.Shuningdek, 23-27 sentabr kunlari Xerson viloyatining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilishi bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi.Bundan tashqari, Zaporojye viloyati ham Rossiyaga qo‘shilish masalasi bo‘yicha ovoz berish jarayonini 23-27 sentabr kunlariga belgilaganini ma’lum qildi.Ma’lumot uchun, Rossiyaning Ukraianada o‘tkazayotgan maxsus operatsiyasi davomida Rossiya harbiylari Xerson va Zaporojye viloyatining Azov dengiziga tutash qismini nazoratga oldi, Xerson, Melitopol va Berdansk kabi yirik shaharlarni ozod qildi. Har ikki viloyatda yangi ma’muriyatlar shakllantirildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga uzatilmoqda, Qrim bilan savdo va transport aloqalari tiklanmoqda. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi. Bundan tashqari, sakkiz yil o‘tgach, Shimoliy Qrim kanali blokdan chiqarildi.
lugansk xalq respublikasi (lxr)
xerson viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/14/28402062_206:0:2935:2047_1920x0_80_0_0_1f84866dd469f9de38cd0a65b3024291.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
donesk xalq respublikasi (dxr), lugansk xalq respublikasi (lxr), xerson viloyati, referendum
donesk xalq respublikasi (dxr), lugansk xalq respublikasi (lxr), xerson viloyati, referendum
DXR, LXR, Zaporojye va Xersonda Rossiyaga qo‘shilishi bo‘yicha referendum bir sanada bo‘ladi
23-27 sentabr kunlari DXR, LXR va Xerson viloyatining Rossiya tarkibiga qo‘shilishi bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Donesk va Lugansk Xalq Respublikalarida Rossiyaga qo‘shilish masalasi bo‘yicha ovoz berish jarayoni 23-27 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda RIA Novosti
xabar bermoqda. Qayd etilishicha, Donbass respublikalarining Rossiya tarkibiga kirishi bo‘yicha zudlik bilan ovoz berishni tashkil etish tashabbusi bir kun oldin LXR va DXR jamoat palatalari tomonidan ilgari surilgan. Bunday iltimos bilan ular viloyatlar rahbarlari Leonid Pasechnik va Denis Pushilinga murojaat qilishgan.
“Bunday qaror hududlar xavfsizligini ta’minlashi va tarixiy adolatni tiklashi ta’kidlandi. Bu Kiyev rejimi va tinch aholini o‘ldirish uchun qurol-yarog‘ yetkazib beruvchi NATO mamlakatlari tomonidan doimiy terror aktlari kontekstida zarur”, - deyiladi xabarda.
Fevral o‘rtalarida Lugansk va Donesk Xalq Respublikalari rahbarlari Rossiyadan o‘z suverenitetini tan olishni so‘ragan edi. 21-fevral kuni Vladimir Putin tegishli farmonlarni imzoladi. Donbass respublikalarining mustaqilligini Janubiy Osetiya, Abxaziya, Suriya va Shimoliy Koreya ham tan olgan.
Shuningdek, 23-27 sentabr kunlari Xerson viloyatining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilishi bo‘yicha referendum
bo‘lib o‘tadi.“Xerson viloyati Oliy davlat ma’muriyati rahbari mintaqaning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga federatsiya subyekti sifatida qo‘shilishi masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi”, - - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Zaporojye viloyati ham Rossiyaga qo‘shilish masalasi bo‘yicha ovoz berish jarayonini 23-27 sentabr kunlariga belgilaganini
ma’lum qildi.Ma’lumot uchun, Rossiyaning Ukraianada o‘tkazayotgan maxsus operatsiyasi davomida Rossiya harbiylari Xerson va Zaporojye viloyatining Azov dengiziga tutash qismini nazoratga oldi, Xerson, Melitopol va Berdansk kabi yirik shaharlarni ozod qildi. Har ikki viloyatda yangi ma’muriyatlar shakllantirildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga uzatilmoqda, Qrim bilan savdo va transport aloqalari tiklanmoqda. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi. Bundan tashqari, sakkiz yil o‘tgach, Shimoliy Qrim kanali blokdan chiqarildi.