https://oz.sputniknews.uz/20220920/donbassning-ozod-qilingan-hududlari-kimga-qoshilishni-istaydi---sorov-28400286.html
Donbassning ozod qilingan hududlari kimga qo‘shilishni istaydi - so‘rov
Donbassning ozod qilingan hududlari kimga qo‘shilishni istaydi - so‘rov
Sputnik O‘zbekiston
Donbass respublikalari hamda Xerson va Zaporojye viloyatlari aholisi imkon qadar tezroq Rossiya tarkibiga qo‘shilishni istaydi. 20.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-20T19:46+0500
2022-09-20T19:46+0500
2023-04-05T18:39+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
referendum
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0d/26159010_0:118:2256:1387_1920x0_80_0_0_972a6cb61ce60c990707aa3643babb28.jpg
TOShKENT, 20 avg - Sputnik. Donesk, Lugansk xalq respublikalari, Xerson va Zaporojye viloyatlarining ozod qilingan hududlari harbiy operatsiya tugaganidan so‘ng kimga qo‘shilishni istaydi? Yoki ular o‘zlari alohida davlat bo‘lib yashashni xoxlaydimi? INSOMAR jamoatchilik so‘rovlari markazi tomonidan 19-sentabrda yakunlangan so‘rov natijalariga ko‘ra, DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlari aholisining aksariyati maxsus operatsiya tugagandan Rossiya tarkibiga kirishini xohlaydi. Xususna, so‘rov natijalariga ko‘ra, LXRda - 83%, DXR - 80%, Zaporojye viloyatida 72% va Xerson viloyatida 65% aholi ovoz berishga kelishini tasdiqladi. Eslatib o‘tamiz, bugun ushbu viloyatlar rahbarlari o‘zlarining maxsus bayonotlarini e’lon qilishdi. Unda aytilishiga ko‘ra, Donesk, Lugansk xalq respublikalari, Xerson va Zaporojye viloyatlari imkon qadar tezroq umumxalq referendumi o‘tkazib Rossiya tarkibiga qo‘shilishga qaror qilgan. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev aytishiga ko‘ra, yangi hududlar Rossiya tarkibiga kirgach, dunyodagi geosiyosiy o‘zgarishlar qaytarib bo‘lmaydigan bo‘lib qoladi, chunki ushbu to‘rt viloyat Rossiyaning bir bo‘lagiga aylanadi. Bu Rossiyaga barcha kuchlarini qo‘llash imkonini beradi va Konstitutsiyaga muvofiq, kelajakdagi ham biror rahbar bu qarorlarni bekor qila olmaydi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0d/26159010_126:0:2131:1504_1920x0_80_0_0_f42d1c1ea688cba0db018c1d1e5e299f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, referendum, rossiya
ukraina, referendum, rossiya
Donbassning ozod qilingan hududlari kimga qo‘shilishni istaydi - so‘rov
19:46 20.09.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023) Donbass respublikalari hamda Xerson va Zaporojye viloyatlari aholisi imkon qadar tezroq Rossiya tarkibiga qo‘shilishni istaydi.
TOShKENT, 20 avg - Sputnik. Donesk, Lugansk xalq respublikalari, Xerson va Zaporojye viloyatlarining ozod qilingan hududlari harbiy operatsiya tugaganidan so‘ng kimga qo‘shilishni istaydi? Yoki ular o‘zlari alohida davlat bo‘lib yashashni xoxlaydimi?
INSOMAR jamoatchilik so‘rovlari markazi tomonidan 19-sentabrda yakunlangan so‘rov natijalariga ko‘ra, DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlari aholisining aksariyati maxsus operatsiya tugagandan Rossiya tarkibiga kirishini xohlaydi.
Xususna, so‘rov natijalariga ko‘ra, LXRda - 83%, DXR - 80%, Zaporojye viloyatida 72% va Xerson viloyatida 65% aholi ovoz berishga kelishini tasdiqladi.
Harbiy operatsiyadan so‘ng viloyatingiz qanday maqomda bo‘lishini istagan bo‘lardingiz?
| LXR | DXR | Xerson | Zaporojye |
Rossiyaga qo‘shilishini (%) | 90 | 91 | 80 | 80 |
Ukraina tarkibida qolishni | 0 | 0 | 4 | 2 |
Mutsaqil davlatga aylanishini | 5 | 4 | 5 | 4 |
Bilmadim | 5 | 5 | 11 | 14 |
Eslatib o‘tamiz, bugun ushbu viloyatlar rahbarlari o‘zlarining maxsus bayonotlarini e’lon qilishdi. Unda aytilishiga ko‘ra, Donesk, Lugansk xalq respublikalari, Xerson va Zaporojye viloyatlari imkon qadar tezroq umumxalq referendumi o‘tkazib Rossiya tarkibiga qo‘shilishga qaror qilgan.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev aytishiga ko‘ra, yangi hududlar Rossiya tarkibiga kirgach, dunyodagi geosiyosiy o‘zgarishlar qaytarib bo‘lmaydigan bo‘lib qoladi, chunki ushbu to‘rt viloyat Rossiyaning bir bo‘lagiga aylanadi. Bu Rossiyaga barcha kuchlarini qo‘llash imkonini beradi va Konstitutsiyaga muvofiq, kelajakdagi ham biror rahbar bu qarorlarni bekor qila olmaydi.