https://oz.sputniknews.uz/20220919/tolibon-qirgiziston-va-tojikistonni-murosaga-chaqirdi-28354881.html
"Tolibon"* Qirg‘iziston va Tojikistonni murosaga chaqirdi
"Tolibon"* Qirg‘iziston va Tojikistonni murosaga chaqirdi
Sputnik O‘zbekiston
Tolibon* hukumati rasmiysi tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyat mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka salbiy ta’sir qilishi mumkinligini aytdi. 19.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-19T15:21+0500
2022-09-19T15:21+0500
2022-09-19T16:03+0500
dunyoda
tolibon
tojikiston
qirg‘iziston
qirg‘iz-tojik chegarasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/0e/25274115_0:0:2855:1606_1920x0_80_0_0_2bbd4677b29ad68e904e5a9ea4b48b09.jpg
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Tolibon* tomonidan tuzilgan Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Abdul-Qahar Balhiy o‘zining Twitter’dagi sahifasida Tojikiston va Qirg‘izistonni chegaradagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar berdi.Abdul-Qahar Balhiyning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shni davlatlar chegarasidagi vaziyat xavotir uyg‘otmoqda.Shuningdek, Balhiy har ikki tomonga tinch aholi qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.14-17 sentabr kunlari Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida navbatdagi qurolli to‘qnashuv yuz berdi. Tomonlar uni boshlashda bir-birlarini ayblashmoqda.So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, chegaradagi qurolli to‘qnashuv oqibatida 59 nafar qirg‘izistonlik halok bo‘lgan, yana 100 dan ortiq kishi jabrlangan. Qirg‘iziston prezidenti 19-sentabrni qurbonlar xotirasiga milliy motam kuni deb e’lon qildi.Tojikiston TIV ma’lumotlariga ko‘ra, chegaradagi to‘qnashuvda 28 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, 30 ga yaqin kishi jarohatlangan. * Terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostidagi tashkilot
tojikiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/0e/25274115_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_0b275ff9586368f04ceb833a58c2494c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, tolibon, tojikiston, qirg‘iziston, qirg‘iz-tojik chegarasi
dunyoda, tolibon, tojikiston, qirg‘iziston, qirg‘iz-tojik chegarasi
"Tolibon"* Qirg‘iziston va Tojikistonni murosaga chaqirdi
15:21 19.09.2022 (yangilandi: 16:03 19.09.2022) Tolibon* hukumati rasmiysi tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyat mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka salbiy ta’sir qilishi mumkinligini aytdi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Tolibon* tomonidan tuzilgan Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Abdul-Qahar Balhiy o‘zining Twitter’dagi sahifasida Tojikiston va Qirg‘izistonni chegaradagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi. Bu haqda
Sputnik Tojikiston xabar berdi.
Abdul-Qahar Balhiyning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shni davlatlar chegarasidagi vaziyat xavotir uyg‘otmoqda.
“Afg‘oniston Islom Amirligi har ikki tomonni chegaraviy kelishmovchiliklarni tinchlik va muloqot yo‘li bilan hal qilishga chaqiradi. Davom etayotgan janglar butun mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka salbiy ta’sir qilishi mumkin. Chegaraning har ikki tomonida istiqomat qiladigan odamlar jabr ko‘rishi yoki uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lishi noto‘g‘ri”, -deydi u.
Shuningdek, Balhiy har ikki tomonga tinch aholi qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
14-17 sentabr kunlari Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida navbatdagi qurolli to‘qnashuv
yuz berdi. Tomonlar uni boshlashda bir-birlarini ayblashmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, chegaradagi qurolli to‘qnashuv oqibatida 59 nafar qirg‘izistonlik
halok bo‘lgan, yana 100 dan ortiq kishi jabrlangan. Qirg‘iziston prezidenti 19-sentabrni qurbonlar xotirasiga milliy motam kuni deb
e’lon qildi.Tojikiston TIV ma’lumotlariga ko‘ra, chegaradagi to‘qnashuvda 28 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, 30 ga yaqin kishi jarohatlangan.
* Terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostidagi tashkilot