Sodiq Safoyev Yelizaveta II ning dafn marosimida ishtirok etmoqda

© Sputnik / Aleks MaknotonUnivermag Harrods v Londone.
Univermag Harrods v Londone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2022
Obuna bo‘lish
Yelizaveta II ning dafn marosimi bugun Vestminster abbatligida bo‘lib o‘tmoqda. Marosimda ishtirok etish uchun qariyb 2 mingga yaqin kishi hozir bo‘lgan.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegatsiyasi Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta ikkinchining dafn marosimida ishtirok etmoqda. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qirolicha bugun Vindzordagi Avliyo Georgiy butxonasida, turmush o‘rtog‘ining yoniga dafn etiladi. 10 kunlik milliy motamni yakunlaydigan Vestministr abbatligida bo‘lib o‘tadigan marosimda qariyb 2 mingga yaqin kishi hozir bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning yangi qiroli Charlz IIIga onasi qirolicha Yelizaveta II vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan.
“Ul zot 70-yildan ortiq vaqt davomida mamlakat yaxlitligi va jadal rivojlanishining ramzi bo‘lib kelgan, Qirollikning global iqtisodiyot va siyosatda yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga, uning xalqaro maydondagi obro‘ va e’tiborini har tomonlama oshirishga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk davlat arbobi edi”, - deyiladi davlat rahbarining ta’ziyanomasida.
Yangiliklar lentasi
0