https://oz.sputniknews.uz/20220919/sankt-peterburgdan-keltirilgan-noyob-otlar-fotoqopqonga-tushdi---video-28363617.html
Sankt-Peterburgdan keltirilgan noyob otlar fotoqopqonga tushdi - video
Sankt-Peterburgdan keltirilgan noyob otlar fotoqopqonga tushdi - video
Sputnik O‘zbekiston
Ayni vaqtdagi Prjevalskiy otlari soni 18 boshni tashkil qiladi. 19.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-19T18:39+0500
2022-09-19T18:39+0500
2022-09-19T18:39+0500
jamiyat
buxoro
prjevalskiy otlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/13/28364023_62:0:1207:644_1920x0_80_0_0_a6a1ed87eb7740c162bfa5b618d45b8c.jpg
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. "Jayron" Buxoro ixtisoslashgan pitomnigiga o‘rnatilgan fotoqopqon noyob tur bo‘lgan Prjevalskiy otlarini tasvirga oldi. Bu haqida Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.Aytilishicha, mazkur otlar O‘zbekiston faunasi uchun xos bo‘lmagan tur hisoblanadi. Xalqaro “Qizil kitob”ga D mezoni bo‘yicha (EN) “Endangered” toifasida, ya’ni “Yo‘q bo‘lib ketayotgan” tur sifatida kiritilgan.Kuzatuvlarga ko‘ra, pitomnik hududidagi ayni vaqtdagi soni 18 boshni tashkil qiladi.Ma’lumot uchun, “Jayron” pitomnigi Qizilqum cho‘lining janubi-g‘arbida joylashgan bo‘lib, 40-yildan ortiqroq vaqt mobaynida bu yerda kamob jonivorlar ko‘paytirib kelinmoqda. Pitomnikning faoliyati tufayli jayronlar, qulonlar, Prjevalskiy otlari, buxoro tog‘ qo‘ylari, buxoro bug‘ulari va boshqa jonivorlar populyatsiyasi tobora o‘sib bormoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/13/28364023_205:0:1064:644_1920x0_80_0_0_6175d47493b3b207b4c45b9c2f79e128.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, buxoro, prjevalskiy otlari
jamiyat, buxoro, prjevalskiy otlari
Sankt-Peterburgdan keltirilgan noyob otlar fotoqopqonga tushdi - video
Ayni vaqtdagi Prjevalskiy otlari soni 18 boshni tashkil qiladi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. "Jayron" Buxoro ixtisoslashgan pitomnigiga o‘rnatilgan fotoqopqon noyob tur bo‘lgan Prjevalskiy otlarini tasvirga oldi. Bu haqida Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar
berdi. Aytilishicha, mazkur otlar O‘zbekiston faunasi uchun xos bo‘lmagan tur hisoblanadi. Xalqaro “Qizil kitob”ga D mezoni bo‘yicha (EN) “Endangered” toifasida, ya’ni “Yo‘q bo‘lib ketayotgan” tur sifatida kiritilgan.
“Otlar 1987-yilda Moskva va Sankt-Peterburg hayvonot bog‘laridan 2 bosh olib kelingan. Dastlab tutqunlikda saqlab ko‘paytirilib, keyinchalik 1992-yilda pitomnik hududiga qo‘yib yuborilgan”, deyiladi xabarda.
Kuzatuvlarga ko‘ra, pitomnik hududidagi ayni vaqtdagi soni 18 boshni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, “Jayron” pitomnigi Qizilqum cho‘lining janubi-g‘arbida joylashgan bo‘lib, 40-yildan ortiqroq vaqt mobaynida bu yerda kamob jonivorlar ko‘paytirib kelinmoqda. Pitomnikning faoliyati tufayli jayronlar, qulonlar, Prjevalskiy otlari, buxoro tog‘ qo‘ylari, buxoro bug‘ulari va boshqa jonivorlar populyatsiyasi tobora o‘sib bormoqda.