https://oz.sputniknews.uz/20220919/parkentdan-qadimgi-mis-tangalar-xazinasi-topildi---foto-28368417.html
Parkentdan qadimgi mis tangalar xazinasi topildi - foto
Parkentdan qadimgi mis tangalar xazinasi topildi - foto
Sputnik O‘zbekiston
Tozalangan tangalardan ayrimlarining bir tomonida “zarb Toshkent ( )” yozuvigina o‘qildi – tafsilotlar. 19.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-19T19:17+0500
2022-09-19T19:17+0500
2022-09-19T19:17+0500
jamiyat
parkent tumani
arxeologik topilma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/13/28367792_0:288:1252:992_1920x0_80_0_0_1b2652eaa80772c0afc72a067e7a900d.jpg
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Toshkent viloyati Parkent tumanidan XVI asrning oxiri – XVII asrning boshlariga oid xazina topildi. Bu haqida Fanlar akademiyasi xabar berdi.Tumanda yashovchi Nasiba Begmatova 16-sentabr kuni o‘z uyining hovlisida o‘ra qazdirayotganda ko‘karib zanglab ketgan mis tangalar xazinasi topib oldi.Xazina mutaxassislar, uy egalari va arxeolog guvohligida sanoqdan o‘tkazildi va ularning soni 939 ta ekanligi aniqlandi. Ular o‘rganish va davlatga topshirish uchun olindi.Mis tangalar topilgan joyning o‘zida ko‘zdan kechirilib, ularning diametri 115 santimetr bo‘lgan o‘raning yer sathidan 40-50 santimetr chuqurligida, bir joyda to‘plangan holda topilgan.Tangalar topilgan joydagi tuproq orasidan o‘lchami 25x25x5 santimetr bo‘lgan pishiq g‘isht bo‘lagi, moviy rangda sirlangan va sirsiz idishlarning mayda parchalari saqlanganligi aniqlandi.Tangalarni dastlabki o‘rganish uzoq vaqtlar davomida yer ostida, nam tuproqqa qorishib chiriganligi sababli ularning har ikkala tomonining yuzalari tekislanib ketganligini ko‘rsatdi.Tozalangan tangalardan ayrimlarining bir tomonida “zarb Toshkent ( )” yozuvigina o‘qildi.Ikkinchi tomonini o‘qishning imkoni bo‘lmadi. Ammo, avvallari aniqlangan, aynan ularga o‘xshash tangalar bilan qiyosiy tahlil yangi topilgan xazinaning XVI asrning oxiri – XVII asrning boshlariga tegishli ekanligini ko‘rsatdi.Ular topilgan joydan aniqlangan ashyoviy dalillar - 25x25x5 santimetr hajmdagi pishgan g‘ishtlar, moviy rangdagi sirlangan va sirsiz sopol idish siniqlari ham yuqorida ko‘rsatilgan davrda ishlab chiqarilgan.
parkent tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/13/28367792_0:171:1252:1110_1920x0_80_0_0_41da47d602a2278ac5e4dcccd6394042.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, parkent tumani, arxeologik topilma
jamiyat, parkent tumani, arxeologik topilma
Parkentdan qadimgi mis tangalar xazinasi topildi - foto
Tozalangan tangalardan ayrimlarining bir tomonida “zarb Toshkent ( )” yozuvigina o‘qildi – tafsilotlar.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Toshkent viloyati Parkent tumanidan XVI asrning oxiri – XVII asrning boshlariga oid xazina topildi. Bu haqida Fanlar akademiyasi xabar
berdi. Tumanda yashovchi Nasiba Begmatova 16-sentabr kuni o‘z uyining hovlisida o‘ra qazdirayotganda ko‘karib zanglab ketgan mis tangalar xazinasi topib oldi.
Xazina mutaxassislar, uy egalari va arxeolog guvohligida sanoqdan o‘tkazildi va ularning soni 939 ta ekanligi aniqlandi. Ular o‘rganish va davlatga topshirish uchun olindi.
Mis tangalar topilgan joyning o‘zida ko‘zdan kechirilib, ularning diametri 115 santimetr bo‘lgan o‘raning yer sathidan 40-50 santimetr chuqurligida, bir joyda to‘plangan holda topilgan.
Tangalar topilgan joydagi tuproq orasidan o‘lchami 25x25x5 santimetr bo‘lgan pishiq g‘isht bo‘lagi, moviy rangda sirlangan va sirsiz idishlarning mayda parchalari saqlanganligi aniqlandi.
Tangalarni dastlabki o‘rganish uzoq vaqtlar davomida yer ostida, nam tuproqqa qorishib chiriganligi sababli ularning har ikkala tomonining yuzalari tekislanib ketganligini ko‘rsatdi.
“Tangalarning ayrimlariga ishlov berilib, tozalanishi ularda doira shakldagi halqa va uning ichiga arab harflaridagi yozuv bitilganligi ma’lum bo‘ldi. Tangalarga zarb sayoz urilganligi ham ulardagi yozuvlar yaxshi ko‘rinmasligiga sabab bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Tozalangan tangalardan ayrimlarining bir tomonida “zarb Toshkent ( )” yozuvigina o‘qildi.
Ikkinchi tomonini o‘qishning imkoni bo‘lmadi. Ammo, avvallari aniqlangan, aynan ularga o‘xshash tangalar bilan qiyosiy tahlil yangi topilgan xazinaning XVI asrning oxiri – XVII asrning boshlariga tegishli ekanligini ko‘rsatdi.
Ular topilgan joydan aniqlangan ashyoviy dalillar - 25x25x5 santimetr hajmdagi pishgan g‘ishtlar, moviy rangdagi sirlangan va sirsiz sopol idish siniqlari ham yuqorida ko‘rsatilgan davrda ishlab chiqarilgan.