Eron prezidenti AQSh qanday qilib mamlakatlarni birlashtirayotganini ma’lum qildi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishIbraxim Raisi, arxivnoe foto
Ibraxim Raisi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2022
Obuna bo‘lish
Ibrohim Raisiyning so‘zlariga ko‘ra, AQSh sanksiyalari mamlakatlarni yaqinlashtirmoqda va ular hamjihatligini mustahkamlamoqda.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. AQSh davlatlarga qarshi iqtisodiy sanksiya joriy etib, ularni birlashtirmoqda. Bu haqda Eron prezidenti Ibrohiy Raisiy ma’lum qildi.
Raisiyning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning sanksiya siyosati muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishi aniq.
“Bir necha mamlakat AQSh sanksiyalari ostida. Ular (AQSh – tahr.) bunday xatti-harakatlar bilan davlatlarni yaqinlashtirishmoqda, ularning hamjihatligini mustahkamlashmoqda. Bu Amerika sanksiyalarini samarasiz qiladi”, - dedi Eron prezidenti CBS telekanaliga bergan intervyusida.
AQSh Eronga qarshi 1979-yilda Islom inqilobidan keyin qo‘llagandi. O‘shandan buyon sanksiyalar bir necha marta kuchaytirilgan va uzaytirilgan.
Putin AQShga qarshi kurashish uchun yangi ittifoqchi topdi – WSJ
Yangiliklar lentasi
0