https://oz.sputniknews.uz/20220918/turkiya-maqsadi-shthga-azo-bolish--erdogan-28318848.html
Turkiya maqsadi ShTHga a’zo bo‘lish – Erdog‘an
Turkiya maqsadi ShTHga a’zo bo‘lish – Erdog‘an
Sputnik O‘zbekiston
Turkiya prezidenti Anqara Shanxay hamkorlik tashkilotining to‘laqonli a’zosi bo‘lish maqsadi borligini ma’lum qildi. 18.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-18T11:32+0500
2022-09-18T11:32+0500
2022-10-19T16:11+0500
dunyoda
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
samarqanddagi shht sammiti - 2022
rejep tayyip erdog‘an
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/12/28318519_0:0:2967:1669_1920x0_80_0_0_eacc6ec8409bad26732524e9e2aafac7.jpg
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo bo‘lish Turkiyaning maqsadidir. Bu haqda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an ShHTning Samarqand sammiti yakuni bo‘yicha ma’lum qildi.Turkiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, bu masala Hindiston ShHTga raislik qiladigan kelgusi muzokaralarda kun tartibiga olib chiqiladi.“Bu qadam bilan bizning munosabatlarimiz bu mamlakatlar (ShHT a’zolari) bilan mutlaqo boshqa darajaga ko‘tariladi”, - deya qo‘shimcha qildi Turkiya yetakchisi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rejep Tayyip Erdog‘an 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisida faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi.ShHT - 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Unga Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo.Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.ShHTning Samarqand sammiti doirasida Eronning tashkilotga to‘laqonli a’zo sifatidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi. Belarusga ShHT to‘laqonli a’zosi maqomini berish tartibini boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.Bundan tashqari, Misr va Qatarga ShHTning muloqot bo‘yicha hamkori maqomi berildi. Bahrayn Podshohligi, Kuvayt, Maldiv, Birlashgan Arab Amirliklari va Myanmaga – muloqot bo‘yicha sheriklar maqomini berish jarayonlari ham boshlangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/12/28318519_24:0:2755:2048_1920x0_80_0_0_66bce3561f8a279377d55f8ffc76d648.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), samarqanddagi shht sammiti - 2022, rejep tayyip erdog‘an
dunyoda, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), samarqanddagi shht sammiti - 2022, rejep tayyip erdog‘an
Turkiya maqsadi ShTHga a’zo bo‘lish – Erdog‘an
11:32 18.09.2022 (yangilandi: 16:11 19.10.2022) Turkiya prezidenti Anqara Shanxay hamkorlik tashkilotining to‘laqonli a’zosi bo‘lish maqsadi borligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo bo‘lish Turkiyaning maqsadidir. Bu haqda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an ShHTning Samarqand sammiti yakuni bo‘yicha ma’lum qildi.
“Endi bizning keyingi harakatlarimiz bu bo‘yicha qadamlarimiz bo‘ladi. Maqsadimiz ham shundan iborat”, - deya javob berdi Erdog‘an jurnalistning Turkiya ShHT a’zosi bo‘lish masalasini ko‘rib chiqapti degan savoliga. Uning so‘zlaridan “Anadolu Agency” iqtibos keltirgan.
Turkiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, bu masala Hindiston ShHTga raislik qiladigan kelgusi muzokaralarda kun tartibiga olib chiqiladi.
“Bu qadam bilan bizning munosabatlarimiz bu mamlakatlar (ShHT a’zolari) bilan mutlaqo boshqa darajaga ko‘tariladi”, - deya qo‘shimcha qildi Turkiya yetakchisi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rejep Tayyip Erdog‘an 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisida faxriy mehmon sifatida
ishtirok etdi.ShHT - 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Unga Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo.
Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.
ShHTning Samarqand sammiti doirasida Eronning tashkilotga to‘laqonli a’zo sifatidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi Memorandum
imzolandi. Belarusga ShHT to‘laqonli a’zosi maqomini berish tartibini boshlash to‘g‘risida qaror
qabul qilindi. Bundan tashqari, Misr va Qatarga ShHTning muloqot bo‘yicha hamkori
maqomi berildi. Bahrayn Podshohligi, Kuvayt, Maldiv, Birlashgan Arab Amirliklari va Myanmaga – muloqot bo‘yicha sheriklar maqomini berish jarayonlari ham boshlangan.