https://oz.sputniknews.uz/20220918/tramp-nemislarni-mamlakatlarini-yoqotishlaridan-ogohlantirdi-28321018.html
Tramp nemislarni “mamlakatlarini yo‘qotishlaridan” ogohlantirdi
Tramp nemislarni “mamlakatlarini yo‘qotishlaridan” ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
Oq uyning sobiq rahbari hozir Germaniya ko‘mirga qaytayotganini ta’kidladi. 18.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-18T12:58+0500
2022-09-18T12:58+0500
2022-09-18T12:58+0500
dunyoda
donald tramp
germaniya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/12/28320988_0:0:3000:1688_1920x0_80_0_0_6b3c4b80c43fa43bd0c3644612916d0c.jpg
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Nemislar sanksiyalar sababli Rossiya energiya resurslari yetkazib berilishining qisqarishi ortidan “mamlakatsiz qolishlari” mumkin. Bu haqda AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.Shuningdek, Oq uyning sobiq rahbari u AQSh prezidenti lavozimida bo‘lgan vaqtida o‘sha payt Germaniya kansleri bo‘lgan Angela Merkelga quyidagi so‘zlar bilan oq bayroq yuborganini aytdi: “Agar 72 foiz energiya resurslarini Rossiyadan olayotgan bo‘lsangiz, mana sizga oq bayroq, chunki siz tez taslim bo‘lasiz”.Germaniyada Rossiya gaziga muqobil topilmagani tan olindiMa’lumot uchun, G‘arb davlatlari Ukrainadagi maxsus operatsiya fonida Rossiyaning neft va gaz eksportidan keladigan daromadlarini cheklash bo‘yicha turli urinishlarni amalga oshirishda davom etmoqda. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, uglevodorodlari yetkazib beruvchi zanjirlarining uzilishi Yevropa va AQShda yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keladi va bu jarayon allaqachon boshlangan.Vladimir Putin avvalroq Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati G‘arb davlatlari uchun uzoq muddatli strategiya ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/12/28320988_411:0:3000:1942_1920x0_80_0_0_ab626d1346e786ba88491c487e2f764f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, donald tramp, germaniya
dunyoda, donald tramp, germaniya
Tramp nemislarni “mamlakatlarini yo‘qotishlaridan” ogohlantirdi
Oq uyning sobiq rahbari hozir Germaniya ko‘mirga qaytayotganini ta’kidladi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Nemislar sanksiyalar sababli Rossiya energiya resurslari yetkazib berilishining qisqarishi ortidan “mamlakatsiz qolishlari” mumkin. Bu haqda AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
“Germaniya hozir ko‘mirga qaytmoqda, eski usullarga, biroq ularda tanlov yo‘q. Ular mamlakatsiz qolishadi”, - dedi u Ogayo shtatidagi tarafdorlari mitingida.
Shuningdek, Oq uyning sobiq rahbari u AQSh prezidenti lavozimida bo‘lgan vaqtida o‘sha payt Germaniya kansleri bo‘lgan Angela Merkelga quyidagi so‘zlar bilan oq bayroq yuborganini aytdi: “Agar 72 foiz energiya resurslarini Rossiyadan olayotgan bo‘lsangiz, mana sizga oq bayroq, chunki siz tez taslim bo‘lasiz”.
Ma’lumot uchun, G‘arb davlatlari Ukrainadagi maxsus operatsiya fonida Rossiyaning neft va gaz eksportidan keladigan daromadlarini cheklash bo‘yicha turli urinishlarni amalga oshirishda davom etmoqda. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, uglevodorodlari yetkazib beruvchi zanjirlarining uzilishi Yevropa va AQShda yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keladi va bu jarayon allaqachon boshlangan.
Vladimir Putin avvalroq Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati G‘arb davlatlari uchun uzoq muddatli strategiya ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.