https://oz.sputniknews.uz/20220918/putin-japarov-va-rahmon-bilan-qirgiz-tojik-chegarasidagi-vaziyatni-muhokama-qildi-28334455.html
Putin Japarov va Rahmon bilan qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi
Putin Japarov va Rahmon bilan qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Putin Moskva qirg‘iz-tojik chegarasidagi barqarorlikni ta’minlash uchun ko‘mak berishga tayyorligini tasdiqladi. 18.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-18T16:35+0500
2022-09-18T16:35+0500
2022-09-18T16:56+0500
rossiya
vladimir putin
sadir japarov
emomali rahmon
qirg‘iz-tojik chegarasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/12/28334297_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_aa5e86cf03b13ecff93866bb166fa09f.jpg
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi va tomonlarni qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyatning keskinlashishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra, telefon suhbatlari davomida qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat muhokama qilingan.“Putin tomonlarni mojaroning keskinlashishiga yo‘l qo‘ymaslik va yuzaga kelgan vaziyatni faqat siyosiy-diplomatik yo‘llar bilan hal qilish uchun zudlik bilan chora ko‘rishga chaqirdi”, - deyiladi xabarda.Ta’kidlanishicha, Rossiya Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun ko‘mak berishga tayyor.14-17 sentabr kunlari Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida navbatdagi qurolli to‘qnashuv yuz berdi. Tomonlar uni boshlashda bir-birlarini ayblashmoqda.Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 18-sentabr mahalliy vaqt soat 14:00 holatiga ko‘ra Tojikiston bilan chegaradagi vaziyat tinch. Otishma ovozi eshitilmaydi. Sputnik Qirg‘iziston xabariga ko‘ra, tegishli komissiyalar vaziyatni barqarorlashtirish va ikki mamlakat o‘rtasidagi keskinlikni kamaytirish uchun ish olib borishmoqda.So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, chegaradagi qurolli to‘qnashuv oqibatida 36 nafar qirg‘izistonlik halok bo‘lgan, yana 134 kishi jabrlangan. Qirg‘iziston prezidenti 19-sentabrni qurbonlar xotirasiga milliy motam kuni deb e’lon qildi.Tojikiston TIV ma’lumotlariga ko‘ra, chegaradagi to‘qnashuvda 25 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, yana 20 kishi jabrlangan. Shu bilan birga, rasmiy Dushanbe harbiylar orasidagi yo‘qotishlar haqida ma’lumot berganicha yo‘q, deya yozadi Sputnik Tojikiston.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/12/28334297_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_86a44b3200af8a8562257428603e8acc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, vladimir putin, sadir japarov, emomali rahmon, qirg‘iz-tojik chegarasi
rossiya, vladimir putin, sadir japarov, emomali rahmon, qirg‘iz-tojik chegarasi
Putin Japarov va Rahmon bilan qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi
16:35 18.09.2022 (yangilandi: 16:56 18.09.2022) Putin Moskva qirg‘iz-tojik chegarasidagi barqarorlikni ta’minlash uchun ko‘mak berishga tayyorligini tasdiqladi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi va tomonlarni qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyatning keskinlashishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
Kreml matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, telefon suhbatlari davomida qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat muhokama qilingan.
“Putin tomonlarni mojaroning keskinlashishiga yo‘l qo‘ymaslik va yuzaga kelgan vaziyatni faqat siyosiy-diplomatik yo‘llar bilan hal qilish uchun zudlik bilan chora ko‘rishga chaqirdi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Rossiya Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun ko‘mak berishga tayyor.
14-17 sentabr kunlari Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida navbatdagi qurolli to‘qnashuv
yuz berdi. Tomonlar uni boshlashda bir-birlarini ayblashmoqda.
Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 18-sentabr mahalliy vaqt soat 14:00 holatiga ko‘ra Tojikiston bilan chegaradagi vaziyat tinch. Otishma ovozi eshitilmaydi.
Sputnik Qirg‘iziston
xabariga ko‘ra, tegishli komissiyalar vaziyatni barqarorlashtirish va ikki mamlakat o‘rtasidagi keskinlikni kamaytirish uchun ish olib borishmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, chegaradagi qurolli to‘qnashuv oqibatida 36 nafar qirg‘izistonlik
halok bo‘lgan, yana 134 kishi jabrlangan. Qirg‘iziston prezidenti 19-sentabrni qurbonlar xotirasiga milliy motam kuni deb
e’lon qildi.Tojikiston TIV ma’lumotlariga ko‘ra, chegaradagi to‘qnashuvda 25 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, yana 20 kishi jabrlangan. Shu bilan birga, rasmiy Dushanbe harbiylar orasidagi yo‘qotishlar haqida ma’lumot berganicha yo‘q,
deya yozadi Sputnik Tojikiston.