https://oz.sputniknews.uz/20220917/sadir-japarov-qirgiz-tojik-chegarasida-halok-bolganlarning-yaqinlariga-hamdardlik-bildirdi-28306686.html
Sadir Japarov qirg‘iz-tojik chegarasida halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi
Sadir Japarov qirg‘iz-tojik chegarasida halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Sadir Japarovning Qirg‘iziston xalqiga murojaati e’lon qilindi. 17.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-17T17:31+0500
2022-09-17T17:31+0500
2022-09-17T17:31+0500
dunyoda
qirg‘iz-tojik chegarasi
sadir japarov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/10/24591011_0:180:2981:1857_1920x0_80_0_0_eecf01235648895e03bb75553a347b30.jpg
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov qirg‘iz-tojik chegarasidagi qurolli mojaro yuzasidan munosabat bildirib, halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.Prezident o‘z murojaatida qirg‘iz xalqini yanada jasoratli bo‘lishga chaqirdi.Shuningdek, chegaradagi vaziyat ortidan Tojikiston tomonidan ham odamlar jabrlangani qayd etilgan.Ta’kidlanishicha, nima bo‘lganda ham Qirg‘iziston bir metr yerni bermaydi va milliy manfaatlarni qat’iyat bilan himoya qiladi.Qirg‘iziston ularni imkon qadar tezroq hal qilishga harakat qilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/10/24591011_250:0:2981:2048_1920x0_80_0_0_8ed19b0faf921c74ede2e341da961984.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, qirg‘iz-tojik chegarasi, sadir japarov
dunyoda, qirg‘iz-tojik chegarasi, sadir japarov
Sadir Japarov qirg‘iz-tojik chegarasida halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi
Sadir Japarovning Qirg‘iziston xalqiga murojaati e’lon qilindi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov qirg‘iz-tojik chegarasidagi qurolli mojaro yuzasidan munosabat bildirib, halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik
bildirdi. Prezident o‘z murojaatida qirg‘iz xalqini yanada jasoratli bo‘lishga chaqirdi.
“Afsuski, qurolli to‘qnashuvlarda ko‘plab insonlar halok bo‘lmoqda. Kecha bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlarda o‘q yomg‘iridan qochmagan mard chegarachilarimizning jasorati, dushman hujumini qaytarishda ko‘rsatgan qahramonliklari uchun minnatdorchilik bildiraman", deydi Sadir Japarov.
Shuningdek, chegaradagi vaziyat ortidan Tojikiston tomonidan ham odamlar jabrlangani qayd etilgan.
“Ushbu qurolli to‘qnashuvda faqat bizning fuqarolarimiz halok bo‘lmadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston tomoni katta yo‘qotishlarga uchragan”, deyiladi murojaatda.
Ta’kidlanishicha, nima bo‘lganda ham Qirg‘iziston bir metr yerni bermaydi va milliy manfaatlarni qat’iyat bilan himoya qiladi.
“O‘zbekiston bilan chegara masalalari deyarli hal qilingan, Tojikiston bilan esa yo‘q. Tarix shuni ko‘rsatadiki, bu masalalar sabr-toqat va puxtalik bilan ko‘rib chiqishni talab qiladi”, deydi prezident.
Qirg‘iziston ularni imkon qadar tezroq hal qilishga harakat qilmoqda.