https://oz.sputniknews.uz/20220917/rossiya-olimlari-ishemik-insultning-oldini-olish-yolini-topdi-28306470.html
Rossiya olimlari ishemik insultning oldini olish yo‘lini topdi
Rossiya olimlari ishemik insultning oldini olish yo‘lini topdi
Sputnik O‘zbekiston
Rus olimlari o‘tkazgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, organizmdagi mavjud selen zarralari har doim ham qonda yetarli vaqt aylanmaydi. 17.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-17T21:02+0500
2022-09-17T21:02+0500
2023-04-05T18:39+0500
rossiya
olimlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/08/23863419_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_9013dfbb7b126f4620d94fe4c1db33ac.jpg
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Rossiya olimlari miya neyronlarini ishemik insult ta’siridan himoyalovchi vositani topganini ma’lum qildi. Bu - selen zarralari.Rossiya olimlari o‘tkazgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, organizmdagi mavjud selen zarralari har doim ham qonda yetarli vaqt aylanmaydi. Ular shunchaki jigar va taloqda to‘planib, miya to‘qimalarigacha yetib bormaydi. Buning sababi selen zarralari ko‘p hollarda noqulay o‘lchamlarga ega.Ushbu faktlar tadqiqotchilarni turli o‘lchamdagi selen zarralarining nerv hujayralariga ta’sirini batafsilroq o‘rganishga undadi.Ushbu tajriba kelgusida qon aylanish tizimi kasalliklarining oldini olishga qaratilgan yangi dori vositasi ishlab chiqarishda qo‘l kelishi mumkin.Ma’lumot uchun, insult — xavfli xastalik. U qon aylanishining o‘tkir buzilishi oqibatida kelib chiqadi. Amaliyotda xastalikning ishemik va gemorragik turlari farqlanadi. Ular orasida ishemik insult 2-3 barobar ko‘proq uchraydi. Eng yomoni, mazkur kasallik dunyoda o‘lim va nogironlikning asosiy omillaridan biri sanaladi.Mendeleyev davriy jadvalining VI guruhiga mansub mazkur element Braziliya yong‘oqlari, tovuq filesi, baliq, tuxum, grechka, zig‘ir urug‘i va boshqa dukkakli mahsulotlar tarkibida ko‘p uchraydi.Selen yurak-qon tomir tizimi uchun juda foydali. Qolaversa, immunitetni oshiradi, qalqonsimon bez faoliyatini meyorlashtiradi, asab tizimini mustahkamlaydi, saraton hujayralariga qarshi kurashadi. Shuningdek, antioksidant moddalarni sintez qilishda faol ishtirok etadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/08/23863419_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_a4f4062f6aab151e506e205a978632d3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, olimlar
Rossiya olimlari ishemik insultning oldini olish yo‘lini topdi
21:02 17.09.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023) Rus olimlari o‘tkazgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, organizmdagi mavjud selen zarralari har doim ham qonda yetarli vaqt aylanmaydi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Rossiya olimlari miya neyronlarini ishemik insult ta’siridan himoyalovchi vositani topganini ma’lum qildi. Bu - selen
zarralari. Rossiya olimlari o‘tkazgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, organizmdagi mavjud selen zarralari har doim ham qonda yetarli vaqt aylanmaydi. Ular shunchaki jigar va taloqda to‘planib, miya to‘qimalarigacha yetib bormaydi. Buning sababi selen zarralari ko‘p hollarda noqulay o‘lchamlarga ega.
Ushbu faktlar tadqiqotchilarni turli o‘lchamdagi selen zarralarining nerv hujayralariga ta’sirini batafsilroq o‘rganishga undadi.
Tajriba uchun jonivorlar miyasida astrositlar o‘stirilib, ularga turli — 50, 100 va 400 nanometr o‘lchamdagi selen nanozarralaridan iborat eritmalar yuborildi. Yakunda 100 nanometrli zarralar eng yaxshi natija berishi aniqlandi.
Ushbu tajriba kelgusida qon aylanish tizimi kasalliklarining oldini olishga qaratilgan yangi dori vositasi ishlab chiqarishda qo‘l kelishi mumkin.
Ma’lumot uchun, insult — xavfli xastalik. U qon aylanishining o‘tkir buzilishi oqibatida kelib chiqadi. Amaliyotda xastalikning ishemik va gemorragik turlari farqlanadi. Ular orasida ishemik insult 2-3 barobar ko‘proq uchraydi. Eng yomoni, mazkur kasallik dunyoda o‘lim va nogironlikning asosiy omillaridan biri sanaladi.
Mendeleyev davriy jadvalining VI guruhiga mansub mazkur element Braziliya yong‘oqlari, tovuq filesi, baliq, tuxum, grechka, zig‘ir urug‘i va boshqa dukkakli mahsulotlar tarkibida ko‘p uchraydi.
Selen yurak-qon tomir tizimi uchun juda foydali. Qolaversa, immunitetni oshiradi, qalqonsimon bez faoliyatini meyorlashtiradi, asab tizimini mustahkamlaydi, saraton hujayralariga qarshi kurashadi. Shuningdek, antioksidant moddalarni sintez qilishda faol ishtirok etadi.