Nur-Sulton nomi Ostonaga o‘zgardi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Astana
Goroda mira. Astana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2022
Obuna bo‘lish
Tokayev “Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Nur-Sulton nomi Ostonaga o‘zgardi. Bu bo‘yicha Qosim-Jomart Tokayev “Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Hujjatga muvofiq, Qozog‘iston poytaxti - Ostona, shaharga avvalgi nomi qaytarildi. Shuningdek, prezident bir marta 7-yilga saylanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat poytaxti nomini Nur-Sultondan Ostonaga o‘zgartirishga rozilik bildirgandi.
Seshanba kuni shahar maslahati shahar aholisiga ushbu masala bo‘yicha murojaat qilgan. Ommaviy eshittirishlar onlayn tarzda olib borilgan. Unda shahar aholisi va jamoatchilik vakillari ishtirok etgan.
Deputatlar majlisida so‘zga chiqqanlarning aytishicha, ular poytaxtga avvalgi nomi qaytarilishini ma’qullashadi, chunki Ostona nomi brendga aylangan.
Yangiliklar lentasi
0