O‘zbekiston terma jamoasi Devis kubogida Yaponiyani mag‘lub etdi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaSbornaya Uzbekistana obigrala Yaponiyu v Kubke Devisa
Sbornaya Uzbekistana obigrala Yaponiyu v Kubke Devisa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik tennischilar 2023-yilgi saralash bahslarining ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi “Davis Cup World Group I” musobaqasida yaponiyalik sportchilarni 3-1 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning keyingi saralash bosqichiga yo‘l oldi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
O‘zbekistonlik sportchilar yaponiyalik raqiblar bilan to‘rtta uchrashuvda uchta g‘alabani qo‘lga kiritib, quyidagi natijalarga erishdi:
Denis Istomin - Sho Shimabukuro (6:3, 6:7, 6:7);
Sergey Fomin - Shintaro Mochizuki (7:6, 7:6);
S.Fayziyev / D.Istomin – K.Uyesugi / Y.Vatanuki (3:6, 7:6(3), 6:2);
Sergey Fomin – Sho Shimabukuro (7:6(1), 7:5).
Musobqada 24 ta jamoa 12 juftlikka bo‘lingan. Har bir juftlik g‘oliblari asosiy jahon guruhining saralash bosqichida ishtirok etadi, mag‘lub bo‘lganlar esa 2023-yilda 1-jahon guruhining pley-off bosqichida qatnashadi.
Yangiliklar lentasi
0