KXShT qirg‘iz-tojik chegarasida kelishuv bo‘lishiga umid qilmoqda

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishFlagi stran-uchastnis sovmestnogo zasedaniya Soveta ministrov inostrannix del, Soveta ministrov oboroni i Komiteta sekretarey sovetov bezopasnosti ODKB
Flagi stran-uchastnis sovmestnogo zasedaniya Soveta ministrov inostrannix del, Soveta ministrov oboroni i Komiteta sekretarey sovetov bezopasnosti ODKB  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2022
Obuna bo‘lish
Tashkilot matbuot kotibi Vladimir Zaynetdinov Tashkilot kotibiyati chegaradagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini qayt etdi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining (KXShT) kotibiyati tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqida KXShT matbuot kotibi Vladimir Zaynetdinov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.
“KXShT Kotibiyatida 14-16 sentabr kunlari tojik-qirg‘iz chegarasida og‘ir qurollardan foydalangan holda sodir bo‘lgan to‘qnashuvlar, natijada har ikki tomonda halok bo‘lganlar va yaradorlar hamda fuqarolik infratuzilmasida vayronagarchiliklar jiddiy tashvish va xavotirga sabab bo‘lmoqda. Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz, ularning dardi va yo‘qotishlariga sherik bo‘lamiz”, deydi Zaynetdinov jurnalistlarga.
Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, tashkilot a’zolari o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv va nizolashayotgan tomonlar o‘rtasida boshlangan muzokaralarni olqishlaydi.
"Ushbu murakkab chegara muammosini hal qilish, keskinlikni pasaytirish va mojaro avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘zaro maqbul yo‘llar topilishiga ishonchimiz komil. Biz kuch ishlatishni nomaqbul deb hisoblaymiz. Mojarolarni hal qilishda faqat siyosiy va diplomatik usullardan foydalanish kerak", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 14-sentabrga o‘tar kechasi Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida ikki davlat chegarachilari o‘rtasida otishma sodir bo‘lgan edi.
Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti chog‘ida ikki davlat rahbarlari vaziyatni muhokama qilib, mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha kelishib olishdi.
Biroq Qirg‘iziston maxsus xizmatlariga ko‘ra, chegaradagi vaziyat haligacha barqarorlashgani yo‘q.
Chegaradagi Botken viloyatidan tinch aholi evakuatsiya qilinmoqda. Respublika vakillari Tojikiston tomonini provokatsiyalarda aybladi. O‘z navbatida, tojik rasmiylari Qirg‘iziston qurolli kuchlarini chegaraga jalb qilayotgani haqida xabar bermoqda.
Yangiliklar lentasi
0