https://oz.sputniknews.uz/20220916/tojikiston-chegaradagi-vaziyat-yuzasidan-bayonot-berdi-28208651.html
Tojikiston chegaradagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi
Tojikiston chegaradagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi
Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Qirg‘iziston chegarachilari Tojikiston chegara postida o‘q uzib, kelishuvni buzgan. 16.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-16T09:23+0500
2022-09-16T09:23+0500
2022-09-16T09:50+0500
dunyoda
tojikiston
qirg‘iziston
qirg‘iz-tojik chegarasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/09/19615255_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_afe2006ef2db5967a846258627b0ed33.jpg
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarachilari kelishuvni buzgan holda Tojikiston chegara postini o‘qqa tutganini ma’lum qildi.Tojikiston tomonining fikricha, bir kun avval, muzokaralar chog‘ida tomonlar Vorux va Chorkuh qishloqlari hududidagi chegara perimetridan texnikani olib chiqishga kelishib olgan biroq qirg‘iz harbiylari buni amalga oshirmagan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati Tojikiston kelishuvlarni buzgan va respublikaning chegara va fuqaro obyektlariga “xiyonatkorlik” bilan hujum qilganini ma’lum qilgandi.14 sentabr kuni Qirg‘iziston chegara xizmati Buloqboshi hududida ikki davlat chegarachilari o‘rtasida otishma sodir bo‘lgani haqida xabar bergandi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bu Tojikiston chegara otradining chegara uchastkasida jangovar pozitsiyalarni egallagani sababli boshlangan.Kunning yarmida ikki mamlakat harbiylari o‘rtasida yana bir to‘qnashuv boshlandi - Kak-Say hududida. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qirg‘izistonlik ikki chegarachi yaralangan bo‘lsa, Tojikistonda bir kishi halok bo‘lgan, ikki nafari yaralangan.
tojikiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/09/19615255_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_2dac59c8703517c68f5bc0909d398929.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, tojikiston, qirg‘iziston, qirg‘iz-tojik chegarasi
dunyoda, tojikiston, qirg‘iziston, qirg‘iz-tojik chegarasi
Tojikiston chegaradagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi
09:23 16.09.2022 (yangilandi: 09:50 16.09.2022) Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Qirg‘iziston chegarachilari Tojikiston chegara postida o‘q uzib, kelishuvni buzgan.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarachilari kelishuvni buzgan holda Tojikiston chegara postini o‘qqa tutganini ma’lum qildi.
“Shu bilan birga Qirg‘iziston harbiy xizmatchilari og‘ir o‘q va minomotlardan foydalangan holda Isfara shahrining Chorkuh qishlog‘idagi Xo‘jai Alo, Qummazor, Surx, Somoniyon, Qulkand aholi punktlariga, shuningdek, Xistevarzga va Ovchikalacha, Bobojon, G‘ofurov tumaniga qurolli hujum uyushtirdi”, deyiladi RIA Novosti xabarida.
Tojikiston tomonining fikricha, bir kun avval, muzokaralar chog‘ida tomonlar Vorux va Chorkuh qishloqlari hududidagi chegara perimetridan texnikani olib chiqishga kelishib olgan biroq qirg‘iz harbiylari buni amalga oshirmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati Tojikiston kelishuvlarni buzgan va respublikaning chegara va fuqaro obyektlariga “xiyonatkorlik” bilan hujum qilganini ma’lum qilgandi.
14 sentabr kuni Qirg‘iziston chegara xizmati Buloqboshi hududida ikki davlat chegarachilari o‘rtasida otishma sodir bo‘lgani haqida xabar bergandi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bu Tojikiston chegara otradining chegara uchastkasida jangovar pozitsiyalarni egallagani sababli boshlangan.
Kunning yarmida ikki mamlakat harbiylari o‘rtasida yana bir to‘qnashuv boshlandi - Kak-Say hududida. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qirg‘izistonlik ikki chegarachi yaralangan bo‘lsa, Tojikistonda bir kishi halok bo‘lgan, ikki nafari
yaralangan.