Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

ShHT sammitining kengaytirilgan yig‘ilishi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

© IA "Dunyo"Sovmestnoe fotografirovanie glav gosudarstv-chlenov ShOS
Sovmestnoe fotografirovanie glav gosudarstv-chlenov ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2022
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Shanhay Hamkorlik Tashkilotining kengaytirilgan yig‘ilishi bugun soat 11:30 da boshlanadi. Ayni vaqtda tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlarining tor doiradagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Juma kuni erta tongda ShHT davlatlari rahbarlari, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Samarqand shahridagi Kongress markaziga kelishdi. Ularni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Dastlab yetakchilar suratga olish marosimida ishtirok etdi.
Kun tartibiga keng ko‘lamli masalalar kiritilgan. Xususan, jahonda ro‘y berayotgan global o‘zgarishlar sharoitida hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari, ShHTni yangi geosiyosiy voqeliklarga moslashtirish vazifalari, tashkilot faoliyatini modernizatsiya qilish, xavfsizlikka tahdid, tashqi siyosatni muvofiqlashtirishni kuchaytirish, iqtisodiyot sohasida hamkorlikdagi ishlar samaradorligini oshirishga e’tibor qaratiladi.
Tor doiradagi yig‘ilishdan so‘ng kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkaziladi. Sammit yakunida ShHT Samarqand deklaratsiyasi imzolanadi.
Yangiliklar lentasi
0