Rossiya bilan hamkorlikda Orol haqida film suratga olinadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-tur v Muynak
Press-tur v Muynak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2022
Obuna bo‘lish
Film Orol dengizining qurishi uning atrofidagi mahalliy aholining turmushiga salbiy ta’siri muammolarini yoritib beradi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston hamkorligida Orol dengizi va uning atrof muhiti haqida “ARAL” (S.O.S) filmi suratga olinadi. “O‘zbekfilm”kinokonsernida hamkorlikdagi loyihaning taqdimotlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
“Mazkur film ijtimoiy drama janrida bo‘lib, dengiz kapitani Asan Alimbayevning hayoti haqida hikoya qiladi. Kinokartinaning asosiy voqealari Qoraqalpog‘iston Respublikasida suratga olinadi. Biz lokatsiyalar bilan tanishdik, hozirda aktorlar ansamblini tuzmoqdamiz”, - dedi film rejissori Artom Gansev.
Orol dengizining qurishi uning atrofidagi mahalliy aholining turmushiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu film ana shu muammolarni o‘z ichiga oladi.
“Ekologik vaziyatlar doim jahon diqqat markazida bo‘lgan. Yangi kinokartinada Orol dengizining tiklanishi, hududda amalga oshirilayotgan ishlar va texnologik harakatlar aks etadi”, - deya qo‘shimcha qildi Gansev.
Yangiliklar lentasi
0