https://oz.sputniknews.uz/20220916/putin-tunda-pashinyan-bilan-armaniston-ozarbayjon-chegarasidagi-vaziyatni-muhokama-qildi-28239557.html
Putin tunda Pashinyan bilan Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi
Putin tunda Pashinyan bilan Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Putin va Pashinyan telefon orqali Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatni muhokama qilgan. 16.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-16T13:03+0500
2022-09-16T13:03+0500
2022-09-16T13:03+0500
siyosat
vladimir putin
nikol pashinyan
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0a/15755121_0:193:2957:1856_1920x0_80_0_0_557eee55e877afbe8fc1228e970ae5d8.jpg
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Ayni vaqtda Samarqandda bo‘lib turgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin tunda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov RIA Novostiga ma’lum qildi.Armaniston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Putin va Pashinyan telefon orqali Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatni muhokama qilgan.Seshanbaga o‘tar kechasi Armaniston-Ozarbayjon chegarasida jangovar harakatlar boshlandi, tomonlar bir-birini vaziyatni keskinlashtirishda aybladi.Yerevanning ma’lum qilishicha, Ozarbayjon harbiylari artilleriya va uchuvchisiz samolyotlar yordamida Armaniston hududini o‘qqa tutgan. Chegaradagi hududlar — Gegarkunik, Vayosdzor, Sunik viloyatlari (Armanistonni Eron bilan bog‘laydi ) o‘qqa tutildi. Bu hududlarning Qorabog‘ga hech qanday aloqasi yo‘q.Boku arman harbiylari Ozarbayjon qo‘shinlarining chegaradagi pozitsiyalarini o‘qqa tutgani, to‘qnashuv bo‘lganini ma’lum qildi. Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Armanistonni tinchlik jarayonini buzish niyatida aybladi. Har ikki tomon o‘z harbiylari orasida qurbonlar borligini ma’lum qildi.Armaniston Mudofaa vazirligi chorshanba kuni Armaniston-Ozarbayjon chegarasida yong‘in to‘xtatilgani haqida xabar berdi. Pashinyan juma kuni chegaradagi mojarolar oqibatida 135 kishi halok bo‘lganini aytdi.Putin hozir Samarqandda. 15-sentabr kuni u bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar, jumladan, Xitoy rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bugun Samarqandda ShHT sammiti bo‘lib o‘tmoqda.Eslatib o‘tamiz, Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi notinch vaziyat sabab Armaniston prezidenti Nikol Pashinyan Samarqanddagi ShHT sammitida ishtirok etmayapti.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0a/15755121_113:0:2844:2048_1920x0_80_0_0_e0030b916b05aa8694239eee4a21808d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, vladimir putin, nikol pashinyan
siyosat, vladimir putin, nikol pashinyan
Putin tunda Pashinyan bilan Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi
Putin va Pashinyan telefon orqali Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatni muhokama qilgan.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Ayni vaqtda Samarqandda bo‘lib turgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin tunda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov
RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Haqiqatan ham, kechasi telefon orqali suhbat bo‘ldi”, - degan Peskov.
Armaniston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Putin va Pashinyan telefon orqali Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatni muhokama qilgan.
Seshanbaga o‘tar kechasi Armaniston-Ozarbayjon chegarasida jangovar harakatlar boshlandi, tomonlar bir-birini vaziyatni keskinlashtirishda aybladi.
Yerevanning ma’lum qilishicha, Ozarbayjon harbiylari artilleriya va uchuvchisiz samolyotlar yordamida Armaniston hududini o‘qqa tutgan. Chegaradagi hududlar — Gegarkunik, Vayosdzor, Sunik viloyatlari (Armanistonni Eron bilan bog‘laydi ) o‘qqa tutildi. Bu hududlarning Qorabog‘ga hech qanday aloqasi yo‘q.
Boku arman harbiylari Ozarbayjon qo‘shinlarining chegaradagi pozitsiyalarini o‘qqa tutgani, to‘qnashuv bo‘lganini ma’lum qildi. Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Armanistonni tinchlik jarayonini buzish niyatida aybladi. Har ikki tomon o‘z harbiylari orasida qurbonlar borligini ma’lum qildi.
Armaniston Mudofaa vazirligi chorshanba kuni Armaniston-Ozarbayjon chegarasida yong‘in to‘xtatilgani haqida xabar berdi. Pashinyan juma kuni chegaradagi mojarolar oqibatida 135 kishi halok bo‘lganini aytdi.
Putin hozir Samarqandda. 15-sentabr kuni u bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar, jumladan, Xitoy rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bugun Samarqandda ShHT sammiti bo‘lib o‘tmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi notinch vaziyat sabab Armaniston prezidenti Nikol Pashinyan Samarqanddagi ShHT sammitida ishtirok etmayapti.