Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Mirziyoyev Toshkentda Mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlik markazini tashkil etishni taklif qildi

© ShOSSammit glav gosudarstv-chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva
Sammit glav gosudarstv-chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2022
Obuna bo‘lish
Transport va kommunikatsiyalar sohasidagi barcha istiqbolli loyihalarni kelgusi yili O‘zbekistonda ShHT Birinchi transport forumi doirasida muhokama qilish kutilmoqda - tafsilotlar.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlik markazini tashkil etishni taklif qildi.
Prezident bugun qabul qilinayotgan ShHTning O‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va samarali transport yo‘laklarini yaratish konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining qo‘llab-quvvatlashi ostida markaz tashkil etishni taklif qildi.
Shuningdek, sammit doirasida Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi to‘g‘risida uch tomonlama Bitimning imzolanishini tarixiy voqea deya baholab, Shavkat Mirziyoyev strategik jihatdan yana bir muhim loyiha – Termiz–Mozori Sharif-Kobul–Peshovar temir yo‘li koridori qurilishini ham qo‘llab–quvvatlashga chaqirdi.
Transport va kommunikatsiyalar sohasidagi barcha istiqbolli loyihalarni kelgusi yili O‘zbekistonda ShHT Birinchi transport forumi doirasida muhokama qilish mumkinligi ta’kidlandi.
Yangiliklar lentasi
0