https://oz.sputniknews.uz/20220916/mirziyoev-erdogan-bilan-hamkorlikni-faollashtirishni-muhokama-qildi-28275742.html
Mirziyoyev Erdog‘an bilan hamkorlikni faollashtirishni muhokama qildi
Mirziyoyev Erdog‘an bilan hamkorlikni faollashtirishni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining rejasini ko‘rib chiqishdi. 16.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-16T19:14+0500
2022-09-16T19:14+0500
2022-10-19T16:11+0500
siyosat
turkiya
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
rejep tayyip erdog‘an
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28273841_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_b7de335fa5379e6cd5aba42ab9a90884.jpg
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) Samarqand sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Prezidentlar o‘zaro munosabatlar har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani asnosida siyosiy-diplomatik, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada chuqurlashtirish muhimligini alohida ta’kidlashdi.Qishloq xo‘jaligi, transport, elektrotexnika, to‘qimachilik va charm sanoati, innovatsiyalar, yuksak texnologiyalar, turizm va madaniyat sohalarida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.Istiqbolli yo‘nalish sifatida energetika tarmog‘i alohida qayd etildi. Keyingi yillarda tomonlar qariyb 1 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqda.Uchrashuvda bo‘lajak tadbirlar, shu jumladan Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining rejasi ko‘rib chiqildi.
turkiya
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28273841_74:0:1211:853_1920x0_80_0_0_e74ae3efa3b64dca34fd41fd7a394008.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, turkiya, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, rejep tayyip erdog‘an
siyosat, turkiya, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, rejep tayyip erdog‘an
Mirziyoyev Erdog‘an bilan hamkorlikni faollashtirishni muhokama qildi
19:14 16.09.2022 (yangilandi: 16:11 19.10.2022) O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining rejasini ko‘rib chiqishdi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT)
Samarqand sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Uchrashuvda yetakchilar o‘zaro hurmat, do‘stlik va ishonchga asoslangan ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkiya hamkorligini faollashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Prezidentlar o‘zaro munosabatlar har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani asnosida siyosiy-diplomatik, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada chuqurlashtirish muhimligini alohida ta’kidlashdi.
Qishloq xo‘jaligi, transport, elektrotexnika, to‘qimachilik va charm sanoati, innovatsiyalar, yuksak texnologiyalar, turizm va madaniyat sohalarida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Istiqbolli yo‘nalish sifatida energetika tarmog‘i alohida qayd etildi. Keyingi yillarda tomonlar qariyb 1 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqda.
Uchrashuvda bo‘lajak tadbirlar, shu jumladan Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining rejasi ko‘rib chiqildi.